O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay rafiqasi hamrohligida rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston va Albaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi. Tomonlar savdo, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, “yashil” energetika, turizm hamda madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratishi kutilmoqda.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish ham rejalashtirilgan. Tashrif doirasida Bayram Begay V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!