Buxoro viloyatida fuqarolarni ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir shaxs pul olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro A.A. fuqaro S.I.ning ishonchiga kirib, o‘zini yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari borligini aytgan. U go‘yoki Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimiga ishga joylashtirib qo‘yish va imtihonlardan “yordam berish” evaziga 3 500 AQSH dollari talab qilgan.Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘tkazgan tezkor tadbir davomida mazkur shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik (168-modda) hamda pora berish bilan bog‘liq 28-modda bandlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.Mutasaddilar fuqarolarni turli “tanish-bilish” orqali ishga joylashtirish, imtihonsiz lavozim va’da qilish kabi holatlarga ishonmaslikka chaqirmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!