“O‘zenergoinspeksiya” Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi, gaz ta’minoti korxonasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbiri doirasida Sariosiyo tumani “Aeroport” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro X.M. xonadonida faoliyat yuritayotgan “sauna” hududdagi o‘rta bosimli gaz quvuriga hisoblagichsiz o‘g‘rincha ulanib, gazso‘rg‘ich uskunasi orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlangan.
Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmat ma’lum qildi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 88 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!