Yevroittifoq Suriyada fuqarolar urushi boshlanganidan keyin joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilmoqda. Bu haqda Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas ma’lum qildi.
“Yevropa Ittifoqi sanksiyalarni bekor qilish masalasida “harakatlarni tezlatish maqsadida”, biroq Suriyaning yangi hukumati mamlakatda “qaltis harakatlar qilganda” qaror qayta ko‘rib chiqilishi mumkin” – deya ogohlantirgan Yevropa diplomatiyasi rahbari Kallas.
U dastlab qaysi sanksiyalar bekor qilinishiga aniqlik kiritmagan.
Yevropa Ittifoqi 2012-yilda, Bashar Asad rejimi va isyonchi guruhlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik fuqarolar urushiga aylanib ketganidan ko‘p o‘tmay, Suriyaga qarshi sanksiyalar joriy eta boshlagan. Joriy etilgan sanksiyalar asosan hukumat va harbiy tuzilmalar bilan bog‘liq.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!