Dunyodagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan shaharlarni o‘rganish sizga foyda keltiradi. Chunki bu orqali o‘zingiz uchun “mashhur shaharlar” ro‘yxatini tekshirish va odamlar qanday tajribalarni izlashlari, ularni qayerdan topishlari haqida qimmatli ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
Bangkok (Tailand) bir necha yildan beri dunyodagi eng ko‘p sayyoh (22 millionga yaqin) tashrif buyuradigan shahar hisoblanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tashrif buyuruvchilar u yerda o‘rtacha 5 kun qoladi va kuniga 173 AQSH dollari sarflaydi.
Parij (Fransiya) mustahkam dam olish maskani bo‘lib, London (Angliya) shahri bilan 2-o‘rin uchun kurashmoqda. Bu tashrif buyuruvchilar biznes imkoniyatlari, turli diqqatga sazovor joylar va o‘ziga xos madaniyatni taklif qiladigan shaharlarni qanday izlashlarini ko‘rsatadi. 17,4 million xalqaro tashrif buyuruvchi bilan Parij hatto kelgusi yilda ham shu o‘rinni egallashi kutilmoqda.
Shaharlarning turli xil jozibali nuqtalari odamlar endi nafaqat tendensiyalarga rioya qilishlarini, balki ularga mos keladigan narsalarni izlash orqali o‘rnatishlarini isbotlaydi.
Bangkok
Tailand poytaxti Bangkok dunyodagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan shahardir!
O‘ziga xos shovqin va doimiy faoliyat bilan gullab-yashnagan Bangkokda xaritasiz sayohat qilish har doim qiziqarli voqealarni kafolatlaydi.
Turistlar oltin ibodatxonalar, ziyoratgohlar to‘plami, savdo markazlari va zamonaviy makonlarni e’tirof etishadi. Bangkokning achchiq, nordon, shirin va sho‘r taomlar bilan to‘ldirilgan son-sanoqsiz ko‘cha bozorlari va suzuvchi bozorlarida qayiq orqali savdo qilishni istovchilar ko‘plab topiladi.
Kechasi Chaynataun va Suxumvit kosmopoliti hamda ishratxonalari bilan dunyoga mashhur bo‘lgan Bangkok shu omillar tufayli shaharlar reytingini boshqarib turadi.
Parij
Parij dunyodagi ikkinchi, Yevropaning esa eng ko‘p turist tashrif buyuradigan shahar.
Fransiya poytaxti klassik binolari, parij ko‘prigi va nafis xiyobonlari bilan e’tiborni tortadi.
Shaharning tarixiy yodgorliklarini ko‘rish uchun odamlar Siyena daryosi bo‘ylab yoki Eyfel minorasi, Notr-Dam, Luvr muzeyi va boshqalar uchun alohida mahallalar bo‘ylab sayr qiladi.
San’at va moda poytaxti sifatida tashrif buyuruvchilar Myuseye de Orsey va Pompidu kolleksiyalarini ko‘rmasdan o‘tolmaydi. Atmosfera kitob do‘konlari, vintaj do‘konlari va bit bozorlari, Lafayet galereyasi kabi maskanlar sayyohoar yodidan chiqmasligi aniq.
London
London dunyodagi eng mashhur shaharlardan biri ekanligi aniq! Londondagi gotika arxitekturasi innovasiyalar qorishmasi bilan mos keladi (masalan, “Shard”, “Tate Modern” va “Sky Garden”), ulug‘vor va tarixiy kvartallarni taklif etadi.
Sayyohlar tavernalar, Londonning zamonaviy san’ati, teatri va adabiyotidan hayratda qoladi.
Yashil bog‘larning go‘zalligi va shaharlarning kengayishi bilan paydo bo‘lgan shahar ularni ajoyib tarixiy sayohatga olib boradi.
Dubay
Dubay butun kelajak ulug‘vorligi bilan sahrodan ko‘tariladi.
U yerda osmono‘par binolar hukmronlik qiladi, savdo markazlari va zamonaviy ofis bloklari joylashgan.
Shahar hayoti, tomosha maydonchalari, sokin ibodat joylari tashrif buyuruvchilarning diqqatini tortishi tabiiy. Shahar chetidagi plyajlar, sun’iy akvariumlar va botanika bog‘lari shular jumlasidandir.
Shuningdek, cho‘l sayohatiga yozilish va tuyaga minish yoki kvadrosiklda qumli sahroda sayr qilish mumkin.
Singapur
Yashil va innovasion Singapur kelajakni hisobga olgan holda yaratilgan shahardir.
Samarali transport tizimi bilan diqqatga sazovor joydan ikkinchisiga oson o‘tish mumkin. U yerni Kichik Hindiston deb ham atashadi.
Ko‘cha bozorlari, ko‘p millatli oshxonalarning mazali taomlar Singapurga tashrif buyurgan sayyohlar uchun tayyorlanadi.
Bundan tashqari yirik botanika bog‘lari ham dunyo e’tirof etgan maskanlardan hisoblanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!