Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy Radaga (parlamentga) harbiy holatni va umumiy safarbarlikni yana 90 kunga uzaytirishni taklif qildi.
Davlat rahbari Oliy Radaga Ukrainada harbiy holatni uzaytirish va umumiy safarbarlikni yana 90 kunga – 2025-yil 7-fevralgacha uzaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihalarini taqdim etdi. Oxirgi harbiy holat esa 9-noyabrgacha amal qiladi.
Shunday qilib, taklif tasdiqlansa 2022-yil fevral oyida Rossiya hujumi boshlanganidan beri harbiy holat va safarbarlik 13 marotaba uzaytirilgan bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!