Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina xalqiga murojaatida frontlardagi vaziyat haqida xabar berdi.
“Bugun men allaqachon Kiyevdaman. Quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni General Sirskiy bilan frontning barcha yo‘nalishlaridagi vaziyat va Kursk operatsiyamizni muhokama qildik. Pokrovskiy yo‘nalishida bizning harbiylarimiz o‘zlarini yaxshi ko‘rsatmoqdalar. Har bir askar, serjant, ofitser bizning pozitsiyalarimizni himoya qiladi”,– dedi Zelenskiy.
Uning ta’kidlashicha, Donesk va Zaporojye viloyatlarida sharoitlar “o‘ta murakkab” bo‘lib qolmoqda, hanuz qattiq jangovar harakatlar sodir bo‘lmoqda. Zelenskiy, shuningdek, shu hafta Ukraina qurol yetkazib berish va ishlab chiqarish bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishilganligini xabar qildi. “Har bir xorijiy tashrif har doim Ukraina sanoatiga sarmoya kiritish haqida suhbatdir”, – dedi u. Shuningdek, Ukraina dronlar, snaryadlar va jangovar texnika ishlab chiqarish uchun katta imkoniyatlarga ega ekanligini, ammo moliyaviy imkoniyatlari cheklanganligini ta’kidladi.
Bundan tashqari Ukraina prezidenti murojaatida mamlakat mudofaa sanoatiga sarmoya kiritayotgan hamkor mamlakatlarga minnatdorchilik bildirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!