“Real” hamda Belgiya termasi a’zosi Eden Azar mavsum yakunidan Madrid klubini tark etishi mumkin.
“Bu yanvarda bo‘lmaydi, chunki oilam shu yerda va men bu shaharni yaxshi ko‘raman. Ammo, yozda ketishim mumkin. Menda yana bir yillik shartnoma bor, qolgani klubning qarori bo‘ladi.
Agar klub menga, ketishim kerakligini aytsa, buni to‘g‘ri qabul qilaman, hammasi joyida. Biroq, men ko‘proq o‘ynashni, o‘ynay olishimni, yaxshi o‘yinchi ekanligimni isbotlashni istardim”, dedi futbolchi.
Eden Azar “Chelsi” dagi juda zo‘r mavsumlardan so‘ng, 2019-yilda umumiy 150 million yevro evaziga Madrid klubiga ko‘chib o‘tgan edi.
Avvalroq, Azarning APLga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqagan edi. Unga “Nyukasl” hamda “Aston Villa” jamoalari qiziqish bildirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!