Ko‘pchilik video o‘yinlarni an’anaviy ravishda zararli va foydasiz o‘yin-kulgi deb hisoblaydi. Ammo yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot buning aksini ko‘rsatmoqda. Olimlar video o‘yinlar bolaga foyda keltirishi va bolalar uchun foydali bo‘lgan har qanday narsa ota-onalar tomonidan rag'batlantirilishi kerakligi haqida kuchli dalillarni topdilar. Olimlar kompyuter o'yinlarini yaxshi ko‘radigan bolalar yaxshi rivojlanadi va aqliy jihatdan barqarorroq bo‘lishini aniq ta’kidlaydilar.
Vermont universiteti jamoasi 2000 ga yaqin bolaning miyasidan olingan kognitiv va magnit-rezonans tomografiya ma’lumotlarini batafsil tahlil qildi. Guruh ishtirokchilari 9-10 yoshlilar edi. Ma’lum bo‘lishicha, kuniga uch soatdan ko‘proq vaqtini o‘yinlarga bag‘ishlagan bolalar ma’lumotni eslab qolish bo‘yicha testlarda ishonchliroq natijalarni ko‘rsatishgan. Bundan tashqari, olimlarning ta’kidlashicha, yosh geymerlar boshqa sevimli mashg‘ulotlari bilan tengdoshlariga qaraganda ko‘proq his-tuyg‘ularini nazorat qila oladilar.
O‘yinlarning bolalarga ta’siri bo‘yicha yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar kognitiv xatti-harakatlarga bag‘ishlangan. Shu bilan birga, ta’sirning neyrobiologik mexanizmlari hali yaxshi tushunilmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!