$
12023.46 UZS
-42.76
₽
149.44 UZS
-0.3
€
13461.47 UZS
17.29
31° Kechasi 18°

Vladimir Norov BMT Assambleyasida nutq so‘zladi

09:41 / 25.09.2022

Kecha, 24-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi umumiy munozaralarida nutq so‘zladi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston delegasiyasi rahbari o‘z nutqida BMTning global va mintaqaviy muammolarni hal qilishdagi markaziy rolini kuchaytirish muhimligini ta’kidladi. Shu bilan birga, Tashkilotning o‘zi ham sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga samarali javob berish uchun rivojlanishi kerakligini aytib o‘tdi.

“Hech bir mamlakat global xavf va qiyinchiliklardan qochib qutula olmaydi yoki ularni yolg‘iz o‘zi hal qila olmaydi. Inqirozlarning xavfli spiralidan chiqish barcha mamlakatlar manfaatlarini hisobga olish va hurmat qilishga asoslangan konstruktiv muloqot va ko‘p tomonlama hamkorlikda ko‘rinadi. Dunyo yanada barqaror, bashorat qilinadigan va gullab-yashnashi uchun samarali xalqaro hamkorlik zarur”, – dedi Vladimir Norov.

Madaniyatlararo muloqotni o‘rnatish, barcha muammolarga izchil yondashuvlar va yechimlarni izlash, global keskinlik, noaniqlik va oldindan aytib bo‘lmaydigan tahdidlarni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlik bugun zaruriyatga aylanib borayotgani qayd etildi.

Tashqi ishlar vaziri so‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarga ham to‘xtalib o‘tgan. Xususan, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasining amalga oshirilish jarayoni haqida ma’lumot bergan.

Norovga ko‘ra 2030-yilga kelib, O‘zbekiston kambag‘allik darajasini ikki baravar kamaytirish, barcha muhtojlarni qamrab olgan holda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, aholi daromadi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kirishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, Vladimir Norov O‘zbekiston muhim siyosiy tadbir – Konstitusiyaviy islohotlar arafasida turganini alohida ta’kidladi va mazkur jarayonlarning asosiy ma’no-mazmunida “Inson sha’ni va qadr-qimmati uchun” tamoyili aks etgani aytib o‘tdi.

“Konstitusiyaga davlat organlari faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va hisobdorlikni ta’minlaydigan normalarni kiritish taklif qilindi. Asosiy qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar xalq muhokamasida ko‘rib chiqiladi va referendumga qo‘yiladi”, – dedi Tashqi ishlar vaziri BMTning 77-sessiyasida.

Bundan tashqari, 2023-yil O‘zbekiston Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari yoshlar Kengashining birinchi yig‘ilishini o‘tkazishni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi. Norov mazkur tadbir yangi g‘oyalar va aniq takliflar uchun maydon bo‘lishiga ishonchi komil ekanini ta’kidladi.

“Xalqaro hamjamiyatning ta’lim tizimlarini erta tiklash va modernizasiya qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirishga sodiqligini namoyish etgan ta’limni o‘zgartirish bo‘yicha tarixiy Sammit arafasida muvaffaqiyatli o‘tkazganini yuqori baholaymiz.

O‘zbekistonda ushbu sohada aniq natijalarga erishildi. so‘nggi besh yil ichida yoshlarning oliy ma’lumot olish darajasi 9 foizdan 29 foizgacha, bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish esa esa 27 foizdan 67,2 foizgacha o‘sdi.

BMTga a’zo davlatlarning ta’lim vazirlari joriy yilning 14-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida UNESCO bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan Bolalarni tarbiyalash va o‘qitish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasiga taklif qilindi. Ushbu anjuman umuminsoniy, adolatli va sifatli ta’limni ta’minlash uchun ilg‘or tajribalarni almashishga xizmat qiladi”, – dedi Vladimir Norov.


Bu ham qiziq

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, örniga aymoqlar taşkil etiladi.

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, örniga aymoqlar taşkil etiladi.

Qirğizistonda ma’muriy-hududiy tuzilmani özgartirişning ikkinçi bosqiçi boşlanmoqda. Rejaga köra, mamlakatdagi 7 ta viloyat …
08:28 / 28.10.2026
Toşkentda litsenziyasiz kripto-faoliyat bilan şuğullangan talaba aniqlandi

Toşkentda litsenziyasiz kripto-faoliyat bilan şuğullangan talaba aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toşkent şahar IIBB bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida litse…
11:09 / 28.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva TDT Oila va xotin-qizlar kengaşining ilk yiğilişida iştirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva TDT Oila va xotin-qizlar kengaşining ilk yiğilişida iştirok etdi

Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Anqarada Turkiy davlatlar taşkiloti Oila va xotin-qizlar kengaşining birinçi yi…
09:32 / 31.10.2026
30-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

30-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim joylarda yoğingarçilik kuzatilmaydi.
17:45 / 29.10.2026
Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz rejimni taklif qildi

Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz rejimni taklif qildi

Tailand rasmiylari Özbekiston, Kolumbiya va Meksika fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz kiriş tartibini joriy etişni taklif qi…
11:03 / 28.10.2026
Toşkent şahrida yaşirin pivo işlab çiqariş sexi foş etildi

Toşkent şahrida yaşirin pivo işlab çiqariş sexi foş etildi

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Toşkent şahar boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkor…
12:11 / 30.10.2026
Kamilla Rahimova Tokiodagi turnir yarim finaliga yöl oldi

Kamilla Rahimova Tokiodagi turnir yarim finaliga yöl oldi

Bugun, 29-oktabr kuni dunyo reytingida 66-örinni egallab turgan özbekistonlik tennisçi Kamilla Rahimova Yaponiyaning Tokio ş…
12:01 / 30.10.2026
31-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

31-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kuzatilmaydi.
17:44 / 30.10.2026
IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding “Iman Invest” kompaniyasining 70 mln dollarlik portfelida 20 mln dollar kamomad borligi haqidagi da’volarga mun…
14:18 / 28.10.2026
Saida Mirziyoyevaning taşabbusi amalda: Özbekistondagi raqamli tölovlarda katta özgariş — Apple Pay va Google Pay rasman işga tuşdi

Saida Mirziyoyevaning taşabbusi amalda: Özbekistondagi raqamli tölovlarda katta özgariş — Apple Pay va Google Pay rasman işga tuşdi

Bu haqda, Prezident Administratsiyasi rahabri özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi. Xöş, bu tizimlar foydalanu…
14:54 / 27.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!