Bugun, 12-mart kuni 14-chaqiriq Butunxitoy xalq vakillari kengashi (XDP, parlament) 1-sessiyasi delegatlari Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashining (hukumat kabineti) yangi tarkibini tasdiqladi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.
Din Syueksyan, Xe Lifen, Chjan Guoqin va Lyu Guozjon Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashining yangi Bosh vaziri Li Szyanning o‘rinbosarlari bo‘ldi.
Mudofaa vaziri Li Shanfu, jamoat xavfsizligi vaziri Van Syaoxun, hukumat kotibiyati rahbari Vu Chjenlong, Xitoy tashqi ishlar vaziri Tsin Gang va Shen Yiqin (portfelsiz) Davlat kengashiga aʼzo boʻldi.
26 ta vazirlik, davlat qoʻmitalari va boshqa idoralar rahbarlari orasida faqat ikkita yangi shaxs tayinlandi: Taraqqiyot va islohotlar davlat qoʻmitasi raisi Chjen Shanjie va Xitoy mudofaa vaziri Li Shanfu.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!