Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich Argentina qarshi oʻyindagi magʻlubiyatga izoh berdi.
“Argentinani finalga chiqqani bilan tabriklayman. Men yigitlarni ayblamayman.
Birinchi yarim soat davomida oʻyinni nazorat qildik, lekin baʼzida omadingiz keladi, baʼzida esa aksincha. Yigitlar burchak toʻpini olmaganliklariga eʼtiroz bildirishdi va darhol hujumni oʻtkazib yuborishdi, natijada penalti belgilandi.
Oʻyinda magʻlub boʻldik va bundan shikoyat qiladigan narsam yoʻq. Endi oldindagi oʻyinga tayyorgarlik koʻrishimiz kerak.
Biz yaxshi vaziyatlar yaratdik, lekin harakatlarda aniqlik yetishmadi. Safimizga haqiqiy hujumchi yetishmayapti”, – deydi Dalich.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!