$
12634.34 UZS
-18.98
162.37 UZS
0.48
14821.34 UZS
-0.76
36° Kechasi 23°

Yangi yil oqshomida qanday mahsulotlar iste’molini cheklagan maʼqul?

11:40 / 31.12.2022

Sanoqli soatlardan so‘ng Yangi yil bayrami uchun dasturxon yoziladi. Shifokorlar esa o‘sha kunlarda iste’mol qilinadigan ba’zi an’anaviy oziq-ovqat mahsulotlari salomatlikka jiddiy ziyon keltirishidan ogohlantirmoqda.

Diyetologlar xulosasiga ko‘ra:

Eng zararli taomlar ro‘yxatida tuz, sirka, shakar qo‘shilgan marinadlar yetakchilik qiladi. Ular boshqa mahsulotlar bilan birga iste’mol qilinganda, organizmga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ikkinchi o‘rinda gazlangan ichimliklar turadi. Ular oshqozon, oshqozon osti bezi va yurak-qon tomir tizimi uchun xavfli. Gazlangan suvni aslo yog‘li ovqatlar bilan birga iste’mol qilmang. Xuddi shunday, och qoringa ham ichish zararli.

Uchinchi o‘rin mayonez qo‘shilgan salatlarga taalluqli. Masalan, “olivye”ning bir kishilik o‘rtacha porsiyasi 170-180 milligramm xolesterinni o‘z ichiga oladi. Qolaversa, 100 gramm miqdordagi ushbu salat tarkibida 200 kkal kaloriya mavjud. Shu bois, bunday mahsulotlar tayyorlashda mayonez o‘rniga smetana ishlatish maqsadga muvofiq.

To‘rtinchi o‘rindan tortlar va pishiriqlar joy olgan. Odatda, ular ovqatdan so‘ng, hazmi taom sifatida dasturxonga tortiq etiladi. Bu — katta xato. Chunki qandolat kremi yog‘ va xolesterin bilan to‘yingan. Ular oshqozonga og‘irlik qilishi barobarida, qonni quyuqlashtirish xususiyatiga ega. Bu yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Shu bois, bunday tort va pishiriqlarni oz miqdorda va limonli choy bilan iste’mol qilgan ma’qul. Bu me’da shirasi ishlab chiqarilishini rag‘batlantirib, hazm jarayonini osonlashtiradi.

Eng muhimi, surunkali xastaliklardan aziyat chekuvchi bemorlar sog‘lom ovqatlanish qoidalariga to‘liq amal qilishlari lozim.


salomatlik


														
														2025-yilning 6 oyi davomida tez yordamga qancha murojaat kelib tushdi?

2025-yilning 6 oyi davomida tez yordamga qancha murojaat kelib tushdi?

Sog‘liqni saqlash vazirligi bu bo‘yicha rasmiy statistikani taqdim etdi
21:26 / 08.07.2025

														
														Zamonaviy bolalik: ortiqcha vazn epidemiyasi va uning ildizlari

Zamonaviy bolalik: ortiqcha vazn epidemiyasi va uning ildizlari

So‘nggi o‘n yillikda texnologiya, ovqatlanish madaniyati va turmush tarzi keskin o‘zgardi. Afsuski, bu o‘zgarishlar faqat qu…
17:21 / 07.05.2025

														
														Uyqu yetishmovchiligi – yashirin epidemiya

Uyqu yetishmovchiligi – yashirin epidemiya

Har kuni millionlab insonlar telefonga tikilgancha, tun yarmida ham uyg‘oq yurishmoqda. Kimdir ishdan charchagan, kimdir esa…
17:23 / 26.04.2025

														
														Gipertoniya: Bemorlar qanday tavsiyalarga amal qilishi kerak?

Gipertoniya: Bemorlar qanday tavsiyalarga amal qilishi kerak?

Gipertoniya – eng ko‘p uchraydigan yurak-qon tomir kasalliklaridan biri. Uni o‘z vaqtida davolamaslik infarkt, insult va yur…
16:30 / 15.01.2025

														
														“3,5 milliard odam og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekmoqda” – JSST

“3,5 milliard odam og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekmoqda” – JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi hisobot berdi. Unga ko‘ra, og‘iz bo‘shlig‘i patologiyalari — yuqumli bo‘lmagan kasa…
12:56 / 30.11.2024

														
														Husnbuzarlarning chiqishiga sabab bo‘ladigan mahsulotlar

Husnbuzarlarning chiqishiga sabab bo‘ladigan mahsulotlar

Ko‘p qahva ichish stress uchun mas’ul bo‘lgan kortizol gormoni ishlab chiqarishni oshiradi. Shu sabab husnbuzar va dog‘larni…
15:57 / 23.11.2024

														
														JSST: Superbakteriyalar yiliga 1,3 million kishining hayotiga zomin bo‘lmoqda

JSST: Superbakteriyalar yiliga 1,3 million kishining hayotiga zomin bo‘lmoqda

Dunyoda infeksiyalarning antibiotiklarga chidamli turlari ko‘paymoqda. Bu esa insoniyat hayoti, salomatligi va epidemiologik…
10:42 / 20.11.2024

														
														Olimlar tomonidan saraton bo‘yicha salbiy taxminlar e’lon qilindi

Olimlar tomonidan saraton bo‘yicha salbiy taxminlar e’lon qilindi

Charlz Stert universiteti olimlari saraton bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishdi va uning natijalari JAMA Network Open jurnalida cho…
11:57 / 08.11.2024

														
														Homiladorlikda shakar kam yeyilsa, bolada qandli diabetga chalinish xavfi kamayadi

Homiladorlikda shakar kam yeyilsa, bolada qandli diabetga chalinish xavfi kamayadi

Euronews nashrining yozishicha, Kanadadagi Makgill universiteti, AQShdagi Berkli Kaliforniya universiteti va Janubiy Kalifor…
11:30 / 06.11.2024

														
														Havo ifloslanishi bo‘yicha jahon antirekordi yangilandi

Havo ifloslanishi bo‘yicha jahon antirekordi yangilandi

Pokiston poytaxti havo ifloslanishi bo‘yicha antirekordni yangiladi.
10:13 / 04.11.2024

Bu ham qiziq

Okeaniya mintaqasida yangi davlat tuziladi

Okeaniya mintaqasida yangi davlat tuziladi

Ammo bu mamlakat muxtoriyat maqomida bo'ladi
22:25 / 12.07.2025
Qo‘shni davlatlarda kuydirgi tarqaldi: O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Qo‘shni davlatlarda kuydirgi tarqaldi: O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Mazkur vaziyat yuzasidan O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Epidemiologiya va…
15:55 / 12.07.2025
O‘zbekistonning tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

Joriy yilning I choragida O‘zbekistonning umumiy tashqi qarz hajmi 68,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy ba…
16:59 / 12.07.2025
Tennis. Karlos Alkaras Uimbldon finaliga yo‘l oldi

Tennis. Karlos Alkaras Uimbldon finaliga yo‘l oldi

Londonda davom etayotgan tennis bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining erkaklar o‘rtasidagi bahsl…
13:13 / 12.07.2025
Samarqandda sifatsiz qurilayotgan maktablar buzib tashlandi

Samarqandda sifatsiz qurilayotgan maktablar buzib tashlandi

Ularda rekonstruksiya ishlari sifatsiz holda amalga oshirilayotgani aniqlangan.
17:34 / 12.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat avtomobilida mototsiklchi bilan poyga uyushtirdi

Toshkentda YPX xodimi xizmat avtomobilida mototsiklchi bilan poyga uyushtirdi

Ammo, Xudoyberganov YPX xodimining xizmat mashinasida poytaxtning markaziy ko‘chasida katta tezlikda harakatlanib, mototsikl…
14:59 / 12.07.2025
Taxtiqoracha dovoni orqali pulli tunnel qurilishi bo‘yicha shartnoma imzolanadi

Taxtiqoracha dovoni orqali pulli tunnel qurilishi bo‘yicha shartnoma imzolanadi

Tunnel qurilishidagi asosiy murakkabliklar geologik sharoit va tog‘lik hududda ish olib borish bilan bog‘liq.
18:01 / 12.07.2025
O‘zbekiston mustaqilligining 34-yilligi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadi

O‘zbekiston mustaqilligining 34-yilligi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadi

“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘r…
17:11 / 11.07.2025
Suriyaning muvaqqat prezidenti Ozarbayjonga keldi

Suriyaning muvaqqat prezidenti Ozarbayjonga keldi

Ozarbayjon rahbari bu uchrashuvni o'ta muhim deb atagan
19:59 / 12.07.2025
Finlandiyada sobiq Vagner harbiy tashkilotining askari hibsga olindi

Finlandiyada sobiq Vagner harbiy tashkilotining askari hibsga olindi

U mamlakatdan siyosiy boshpana so'ragan
20:57 / 12.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!