Janubiy Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan adabiyot mavzusidagi xalqaro konferensiyada Toshkentdagi Yeoju texnika institutining talabasi Sevinch Abduqodirova gran-prini qo‘lga kiritgan, bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Edu.uz telegram axborot kanali xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ushbu xalqaro konferensiyaga Janubiy Koreyaning TOP universitetlaridan professor-o‘qituvchilar hakamlik qilgan. Konferensiyada 25 ta mamlakatdan 258 nafar talaba ishtirok etgan.
Xabar qilinishicha, onlayn tarzda o‘tgan konferensiyaning oltin medal va diplomi Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga bugun yetkazilgan va Sevinch Abduqodirova topshirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!