12-avgust kuni Yerning shimoliy yarimsharida to‘liq Quyosh tutilishi kuzatildi. Noyob astronomik hodisani Grenlandiya, Islandiya, Portugaliya va Ispaniyaning ayrim hududlarida to‘liq fazada kuzatish imkoniyati bo‘ldi.
Tutilish vaqtida Oy Quyosh diskini to‘liq to‘sib, osmonning qisqa muddatga qorong‘ilashishiga sabab bo‘ldi. G‘arbiy Yevropaning yirik shaharlarida esa Quyoshning 85–95 foizigacha bo‘lgan qismi Oy soyasida qoldi.
Kontinental Yevropada to‘liq Quyosh tutilishi 1999-yildan buyon ilk bor kuzatilgani sababli hodisaga katta qiziqish bildirildi. Ayrim shaharlarda tutilishni tomosha qilish uchun maxsus Quyosh ko‘zoynaklari va durbinlar bir necha kun avvaldan sotilib ketgan.
Mazkur astronomik hodisa Ispaniya, Portugaliya, Islandiya, Grenlandiya va Yevropaning boshqa hududlarida turli manzaralarda qayd etildi. Hodisa jarayoni Reuters, EPA, PA Media, AP va boshqa xalqaro axborot agentliklari tomonidan suratga olindi.
Navbatdagi to‘liq Quyosh tutilishi 2027-yil 2-avgustda kuzatiladi. Uning to‘liq fazasini Ispaniyaning janubiy hududlari hamda Shimoliy Afrikaning ayrim qismlaridan ko‘rish mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!