Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Yaponiya ham hududiy da’vo qiladigan Kuril orollaridan biri — Iturupga tashrif buyurdi. Bu haqda Rossiyaning TASS davlat axborot agentligi xabar berdi.
TASS ma’lumotiga ko‘ra, bu Putinning Kuril orollariga ilk shaxsiy tashrifi bo‘lgan. Rossiya rahbari Uzoq Sharqda o‘tkazilgan harbiy-dengiz mashg‘ulotlarini kuzatgach, Iturupdagi “Yasniy” baliqni qayta ishlash zavodiga bordi.
Tashrif davomida Putin mahalliy baliqchilik sohasi va baliqlarning migratsiyasi haqida ma’lumot oldi. Shuningdek, u zavodda ishlab chiqariladigan mahalliy baliq ikrasidan tatib ko‘rdi.
Kuril orollari Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi uzoq yillik hududiy nizoning asosiy mavzularidan biri bo‘lib qolmoqda. Yaponiya orollarni “Shimoliy hududlar” deb ataydi va ularning bir qismini o‘z hududi deb hisoblaydi.
Ikki davlat Ikkinchi jahon urushidan keyin rasman tinchlik shartnomasini imzolamagan. Hududiy nizo ushbu shartnomaning tuzilishiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!