O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova sanʼatdagi yaqin hamrohi Halima Ibragimova bilan “orani ochiq qilgan”ini aytdi.
Xonandaning o‘z Instagran sahifasida maʼlum qilishicha, u Halima Ibragimovaga so‘kinmaslikni, sanʼatkorlar bilan janjallashmaslikni tayinlagan. Lekin komik aktrisa qo‘shiqchining tanbehlariga rioya qilmagan.
Usmonova Halima Ibragimovadan xafa bo‘lganini aytib, endi u o‘z yo‘lidan alohida ketishini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Halima Ibragimova shou-biznes olamida “janjalkash” aktrisa sifatida mashhur. U avvalroq Nilufar Usmonovaning konsertida uning admini bilan tortishib qolgandi. Yangi yil arafasida esa telekanallarning birida syomka payti Davron Kabulovni so‘kib, turli haqoratli so‘zlar aytgandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!