Shu kunlarda Bahrayn poytaxti Manama shahri sport kurashlari boʻyicha U-15 hamda U-20 Osiyo chempionati bahslariga mezbonlik qilmoqda.
1 kun avval 20 yoshgacha boʻlgan yunon-rum kurashchilar oʻrtasidagi bellashuvlarda hamyurtlarimizdan 4 nafari shohsupaga koʻtarilishdi.
-77 kg vazn toifasidagi kurashchimiz Samandar Bobonazarov eronlik Maʼsud Ali Akbar Gafini atigi 30 soniya ichida sof gʻalaba bilan magʻlubiyatga uchratib, Osiyo chempioni degan sharafli nomga sazovor boʻldi.
Shuningdek, -87 kg vazn toifasida kurashgan sportchimiz Azamatjon Abdubannobov hamda
-130 kg vazndagi Temurbek Nasimovlar kumush, -55 kg vazndagi vakilimiz Alisher Gʻaniyev esa bronza medalini qoʻlga kiritishdi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston yunon-rum kurashchilari Osiyo chempionatining ilk kunida 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga ega chiqishdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!