9-iyun kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan o‘tgan M-34 Toshkent-Dushanbe avtomobil yo‘lida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Spark avtomobili haydovchisi harakat davomida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi tarafiga chiqib ketgan va shu yo‘nalishdagi Damas bilan to‘qnashgan. YTH oqibatida yo‘nalishdagi 3 ta avtomobil texnik shikastlangan.
Mazkur YTH oqibatida 8 kishi vafot etgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumot o‘z tasdig‘ini topmagan.
Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida Spark haydovchisi vafot etgan. 8 kishi turli tan jarohatlari olib, shifoxonaga yuborilgan.
Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!