Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning BMTning Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) tadbirlarida iştirok etiş Turkiyaga taşrifi doirasida Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Antaliya şahrida yuqori darajadagi uçraşuvda iştirok etdi. Tadbirda “Nol çiqindi” (Zero Waste) Global alyansi taşkil etilgani e’lon qilindi.
Mazkur alyans davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarinining tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş hamda çiqindilarni kamaytiriş tamoyillarini ilgari suriş yölidagi sa’y-harakatlarini birlaştirişga qaratilgan.
Ziroat Mirziyoyeva uçraşuvda sözga çiqib, taklif va samimiy mehmondöstlik uçun Turkiya Birinçi xonimi Emine Erdoğanga çuqur minnatdorlik bildirdi hamda uning “Nol çiqindi” taşabbusini xalqaro miqyosda ilgari surişga qöşayotgan şaxsiy hissasini alohida e’tirof etdi. “Nol çiqindi” Global alyansi taşkil etilişi qöllab-quvvatlandi.
Özbekiston Birinçi xonimi Alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantiriş, şuningdek, yoşlar tomonidan ilgari surilgan ekologik loyihalarni qöllab-quvvatlaş va amalga oşirişga qaratilgan qator taşabbuslarni ilgari surdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!