$
11997.83 UZS
18.19
167.31 UZS
-0.21
13967.87 UZS
66.7
31° Kechasi 18°

AI-91 rusumli avtobenzinning birjadagi narxi e’lon qilindi 

15:23 / 16.08.2019

2019-yil 15-avgust kuni “O‘zRTXB” AJ birja savdolariga jami 720,0 tonna AI-91 rusumli avtomobil benzini quyildi. Jumladan, “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ birja savdolariga 600,0 tonna, va “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ 120,0 tonna AI-91 rusumli benzinini sotuv uchun quyishdi. Sotuvchi tomonidan belgilanadigan AI-91 benzin uchun boshlang‘ich narx, uning bir tonnasi uchun 6216,4 ming so‘mni tashkil etdi.

Kechagi kunda o‘tkazilgan birja savdolarining yakunlariga ko‘ra “O‘zRTXB” AJda 746,0 mln so‘mlik 120,0 tonna (savdoga qo‘yilgan hajmdan 16,7%) AI-91 rusumli benzin sotilgan. AI-91 rusumli benzinning 2019-yil 15-avgust uchun belgilangan birja kotirovkasi uning amaldagi boshlang‘ich narxidan deyarli oshmadi va benzinning bir tonnasi uchun 6216,7 ming so‘mni tashkil etdi.

Birja savdolari davomida AI-91 rusumli avtobenzinini sotib olish uchun buyurtmalar yuridik shaxslar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari va avtomobil yoqilg‘i quyish shaxobchalari tomonidan kelib tushdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyundagi “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi” 633-sonli qaroriga muvofiq 2019-yil 15-avgustdan boshlab AI-91 rusumli avtomobil benzinining chakana narxi birja savdolari orqali belgilanadi.

Birja savdosi orqali sotilgan tovar resurlari uchun rasmiy birja kotirovkalari haftalik asosda belgilanadi va har dushanba kuni soat 17:00 gacha “O‘zRTXB” AJning rasmiy vebsaytida e’lon qilinadi.


Bu ham qiziq

Afg‘onistonda O‘zbekiston boshqaruvidagi yangi quruqlik porti ishga tushdi

Afg‘onistonda O‘zbekiston boshqaruvidagi yangi quruqlik porti ishga tushdi

Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida “Hayraton — Mozori-Sharif” temiryo‘l liniyasining 5-sonli quruqlik porti foydalanishg…
08:49 / 23.05.2026
27-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

27-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:39 / 26.05.2026
Ohangaron daryosida qolib ketgan ayol qutqarildi

Ohangaron daryosida qolib ketgan ayol qutqarildi

Bugun, 23-may kuni Toshkent viloyatining Piskent tumanidan oqib o‘tuvchi Ohangaron daryosida bir ayol suv o‘rtasidagi quruql…
16:45 / 23.05.2026
23-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

23-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumki…
17:51 / 22.05.2026
O‘zbekistonda doktorantlar stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi

O‘zbekistonda doktorantlar stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi

O‘zbekistonda doktorantlar stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi
08:27 / 26.05.2026
Rossiyada bankomat va terminallar internetsiz ishlashi mumkin bo‘ladi

Rossiyada bankomat va terminallar internetsiz ishlashi mumkin bo‘ladi

Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi hamda aloqa operatorlari bankomat va to‘lov terminallarining mobil internetsiz ishlash…
00:51 / 23.05.2026
Qurbon hayiti va dam olish kunlarida qaysi tibbiyot muassasalari ishlaydi?

Qurbon hayiti va dam olish kunlarida qaysi tibbiyot muassasalari ishlaydi?

Aholi salomatligini asrash, xususan, bayram va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish…
17:12 / 26.05.2026
Afg‘onistonda O‘zbekiston boshqaruvidagi yangi quruqlik porti ishga tushdi

Afg‘onistonda O‘zbekiston boshqaruvidagi yangi quruqlik porti ishga tushdi

Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida “Hayraton — Mozori-Sharif” temiryo‘l liniyasining 5-sonli quruqlik porti foydalanishg…
08:47 / 23.05.2026
Pokistonda temiryo‘l yaqinida kuchli portlash yuz berdi

Pokistonda temiryo‘l yaqinida kuchli portlash yuz berdi

Pokistonning Balujiston viloyati Kvetta shahrida temiryo‘l liniyasi yaqinida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Anadolu agentligi…
15:19 / 24.05.2026
Raqobat qo‘mitasi Qurbon hayiti arafasida oziq-ovqat narxlarini asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Raqobat qo‘mitasi Qurbon hayiti arafasida oziq-ovqat narxlarini asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlari hamda respublika hududlaridagi savdo komplekslariga Qurbon hayiti arafasida narxlar…
11:13 / 26.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!