Londonning aniq bir markazi yo‘q. Har bir tumanida o‘ziga xos diqqatga sazovor maskanlar bor.

London metrosini unchalik yoqtirishmasa ham deyarli hamma undan foydalanadi. Metro bekatlarda ko‘pgina mashhur shaxslarni uchratish mumkin.

Avtobus haydovchilari naqd pulni mutlaqo olishmaydi.

Southwark tumanini «sazek» deb o‘qishadi. Uni qanday talaffuz qilishingizga qarab odamlar sizni mahalliy fuqaro yoki mehmonligingizni darrov ajartib olishadi.

London — juda qimmat shahar. Biroq bu madaniy dasturlarga mutlaqo ta’sir qilmaydi. Deyarli hamma muzey va ko‘rgazmalar bepul.
London ko‘chalarida asosan uchburchak shakldagi sendvichlar sotiladi.

Ko‘pgina ovqatlanish maskanlarida Osiyo yoki hind taomlari me’yoriga yetkazib tayyorlanadi.

London havosi iliq, biroq yomg‘ir ko‘p yog‘adi. Haqiqiy sovuq havo kamdan-kam kuzatiladi. Yiliga bor-yo‘g‘i 2 kungina havo harorati 0 darajadan pastga tushishi mumkin, u ham bo‘lsa har yili emas.

Navbatlar juda ham tartibli. Buzilmaydi. Agar kimdir tartibga sal bo‘lsa-da dahl qilsa bormi, uni yillab muhokama qilishadi.
Jo‘mraklar issiq suv uchun alohida, sovuq suv uchun alohida o‘rnatiladi. Buni tushunish juda oddiy: sanitar me’yorlarga ko‘ra texnik issiq suv sovuq ichimlik suvi bilan aralashishi mumkin emas.

Shahar kranlaridan oquvchi sovuq suv juda toza va mazali. Hatto bir safar supermarketlardan birida krandan oqayotgan suvni “bu juda yaxshi suv, tozalangan”, deya sotish boshlanganini eshitgan mahalliy suv idorasi rahbarlari “Bizning suvimiz hech qanaqa tozalashga muxtoj emas”, deb janjal ko‘tarishgan ekan.
Shimoldan sharqqa tomon oquvchi London kanali sayr qilish uchun eng ma’qbul joy hisoblanadi.

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!