$
12114.97 UZS
40.69
162.07 UZS
1.21
14260.53 UZS
41.86
31° Kechasi 18°

Rasman: Tibbiyot oliygohlarida talabalar ma’lum muddatga o‘qishdan ozod qilindi

19:13 / 13.03.2020

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov O‘zbekistondagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga talabalarini ma’lum muddatga amaliyot o‘tashlari uchun o‘qishdan ozod qilish to‘g‘risida buyruq berdi.

Vazir imzolagan ko‘rsatma-xatga ko‘ra, O‘zbekistan Respublikasi tibbiyot va farmasevtika oliy ta’lim muassasalarida joriy yilning 16–23-mart kunlari bakalavriat, magistratura talabalari, klinik ordinator (rezident)larning ishlab chiqarish amaliyoti tashkil etiladi.

O‘quv muassasasi talabalarining bir haftalik ishlab chiqarish amaliyoti mos ravishda o‘zlar doimiy ro‘yxatda turgan hududga yaqin bo‘lgan mas’ul tashkilotlarda amalga oshiriladi. 

 

Xususan, 

Andijon, Namangan viloyatlaridan kelgan talabalar Andijon davlat tibbiyot institutida;

Farg‘ona viloyatidan kelgan talabalar Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida;

Buxoro, Navoiy viloyatlaridan kelgan talabalar Buxoro davlat tibbiyot institutida;

Samarqand, Qashqadaryo viloyatlaridan kelgan talabalar Samarqand davlat tibbiyot institutida;

Surxondaryo viloyatidan kelgan talabalar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida;

Xorazm viloyatidan kelgan talabalar Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida;

Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelgan talabalar Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida;

Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlaridan kelgan talabalar Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent davlat stomatologiya instituti va Toshkent farmatsevtika institutida amaliyot o‘taydilar.

Ko‘rsatma-xatda aytilishicha, talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga ma’sul professor-o‘qituvchilar biriktiriladi ularga “Sog‘lom turmush tarzi” va “Yuqumli kasalliklar, shu jumladan koronavirus infeksiyasi profilaktikasi” mavzularida seminar mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Amaliyot Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, Virusologiya ilmiy tekshirish institut, aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi xodimlari bilan hamkorlikda malakaviy amaliyotga ma’sul professor-o‘qituvchilari rahbarligida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari B. Yusupaliyev zimmasiga yuklatilgan.


Bu ham qiziq

8-may kungi ob-havo ma’lumoti

8-may kungi ob-havo ma’lumoti

Bugun respublika hududlari bo‘yicha havo asosan issiq va quruq bo‘ladi. Ko‘pchilik viloyatlarda quyoshli ob-havo saqlanib tu…
06:11 / 08.05.2026
Musulmonlar idorasi fuqarolarni qabristonlarni obodonlashtirishga chaqirdi

Musulmonlar idorasi fuqarolarni qabristonlarni obodonlashtirishga chaqirdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi qabristonlarni obod qilish va ziyorat odoblari yuzasidan aholiga murojaat…
10:18 / 08.05.2026
Toshkentda Xalqaro migratsiya forumi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda Xalqaro migratsiya forumi bo‘lib o‘tadi

2026-yil 18–19-may kunlari Toshkent shahrida “Mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarining ijtimoiy-huquqiy himoyasi” ma…
17:40 / 08.05.2026
Saida Mirziyoyeva Ikkinchi jahon urushi xotirasi haqida fikr bildirdi

Saida Mirziyoyeva Ikkinchi jahon urushi xotirasi haqida fikr bildirdi

Xotira va qadrlash kunida biz tariximizning eng fojiali, shu bilan birga qahramonona sahifalaridan birini yodga olamiz.
13:23 / 09.05.2026
Toshkent avtobuslarida 7-maydan konditsionerlar yoqila boshlandi

Toshkent avtobuslarida 7-maydan konditsionerlar yoqila boshlandi

“Toshshahartransxizmat” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 7-maydan boshlab Toshkent shahridagi avtobuslarda konditsione…
15:02 / 07.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari narxi ketma-ket uch oy oshdi

Oziq-ovqat mahsulotlari narxi ketma-ket uch oy oshdi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari narxi ketma-ket …
19:05 / 09.05.2026
O‘zbekistonda 3 oyda 191 mingdan ortiq chaqaloq tug‘ildi

O‘zbekistonda 3 oyda 191 mingdan ortiq chaqaloq tug‘ildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda jami 191 086 ta tirik tug‘…
10:58 / 07.05.2026
Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi

Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi

Qadrli vatandoshlar! Siz, azizlarni, koʻp millatli butun xalqimizni qutlugʻ ayyom – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinch…
11:59 / 09.05.2026
AQSh aeroportida dahshatli hodisa: erkakni samolyot urib yubordi

AQSh aeroportida dahshatli hodisa: erkakni samolyot urib yubordi

AQShda samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagida odam urib yubordi.
18:02 / 10.05.2026
Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning birinchi holati qayd etildi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.
10:12 / 08.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!