“Toshshahartransxizmat” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 7-maydan boshlab Toshkent shahridagi avtobuslarda konditsionerlar bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda.
Qayd etilishicha, sovitish tizimida nosozlik mavjud bo‘lgan avtobuslar qatnovga chiqarilmaydi. Shuningdek, haydovchilarga konditsionerlardan to‘g‘ri va uzluksiz foydalanish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilgan.
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi tashqi havo harorati 28 darajadan oshganda avtobuslardagi konditsionerlar doimiy ishlashi shartligini bildirgan.
Ma’lum qilinishicha, mazkur talablar ustidan nazorat kuchaytirilgan bo‘lib, qoidalarga amal qilmagan tashuvchilarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi.
“O‘zgidromet” prognoziga ko‘ra, 8-may kuni Toshkent shahrida havo harorati 34–36 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!