$
11952.10 UZS
36.46
145.21 UZS
-0.98
13779.58 UZS
30.12
31° Kechasi 18°

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

10:12 / 08.05.2026

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning birinchi holati qayd etildi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bemor bir necha oy oldin Sharqiy Yevropaga sayohat qilgan va virusni o‘sha hududda yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin. Unda kasallik belgilari paydo bo‘lgach, u tibbiy yordamga murojaat qilgan. Dastlab antitanachalar bo‘yicha o‘tkazilgan test hantavirus mavjudligini ko‘rsatgan, keyinchalik PCR-testi kasallikni rasman tasdiqlagan.

Bemorning holati barqaror deb baholanmoqda. U intensiv terapiya yoki qat’iy izolyatsiyaga muhtoj emas. Uning shaxsi va davolanayotgan shifoxonasi ochiqlanmagan. Aniqlangan virus shtammi Atlantika okeanidagi MV Hondius kruiz laynerida tarqalgan shtammdan farq qilishi aytilmoqda. JSST ma’lumotiga ko‘ra, ushbu kemada hantavirus sababli ikki kishi vafot etgan va kamida sakkiz kishi kasallangan.

Bortida 150 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan MV Hondius kemasi Ispaniyaga yo‘l olgan va 10-may kuni Tenerife oroliga yetib borishi rejalashtirilgan. Hozirda kemada kasallik belgilari bo‘lgan yo‘lovchilar yo‘qligi bildirilgan.

Reuters xabariga ko‘ra, bir qator davlatlar kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida kemadan tushgan yo‘lovchilarni kuzatuvga olgan. Virus haqida xabarlar paydo bo‘lishidan oldin 40 ga yaqin yo‘lovchi Santa-Elena portida kemani tark etgan. Ularning aksariyati hozircha aniqlanmagan.

Hantavirus — kemiruvchilardan, asosan ularning chiqindilari orqali yuqadigan viruslar guruhi bo‘lib, og‘ir o‘pka va buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Kasallik isitma, bosh va mushak og‘riqlari, ko‘ngil aynishi hamda holsizlik bilan kechadi. Maxsus davo yo‘q, faqat qo‘llab-quvvatlovchi terapiya qo‘llanadi.


salomatlik


														
														Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning birinchi holati qayd etildi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.
10:12 / 08.05.2026

														
														“Sikada” shtammi: xavotirga o‘rin yo‘q

“Sikada” shtammi: xavotirga o‘rin yo‘q

So‘nggi paytlarda COVID-19’ning “Sikada” (BA.3.2) shtammi haqida xabarlar tarqalmoqda.
10:35 / 17.04.2026

														
														Hindistonda yo‘tal siroplari vaqtincha taqiqlandi

Hindistonda yo‘tal siroplari vaqtincha taqiqlandi

Rasmiylar vafot etgan bolalarning uyidan topilgan siroplarni vaqtincha sotishni to‘xtatdi.
20:42 / 03.10.2025

														
														O‘zbekistondagi tibbiyot islohotlari “The Lancet”da e’tirof etildi

O‘zbekistondagi tibbiyot islohotlari “The Lancet”da e’tirof etildi

Toshkentdagi xalqaro akademik markaz — mintaqaviy innovatsion markazga aylanmoqda;
17:09 / 26.09.2025

														
														Piskent va Bo‘ka tumanlarida bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlandi

Piskent va Bo‘ka tumanlarida bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlandi

Hozirda bemorlardan olingan tahlillar va oziq-ovqat namunalari laboratoriyada tekshirilmoqda. Rasmiy xulosalar chiqqach, qo‘…
10:08 / 25.09.2025

														
														Ortiqcha vazn ko‘rkamlik emas!

Ortiqcha vazn ko‘rkamlik emas!

Bu borada mutaxassis fikri bilan tanishamiz
21:03 / 27.08.2025

														
														Gipertoniya, yurak ishemik kasalligi va qandli diabet 85 foiz holatlarda oxir-oqibat nogironlikka olib kelmoqda

Gipertoniya, yurak ishemik kasalligi va qandli diabet 85 foiz holatlarda oxir-oqibat nogironlikka olib kelmoqda

Prezident sog‘liqni saqlash tizimidagi loyihalarning taqdimoti bilan tanishdi
20:47 / 19.08.2025

														
														Shifokorlar alstgeymerga shifo topdi

Shifokorlar alstgeymerga shifo topdi

Olimlar hatto unutilgan xotirani tiklashni ham o‘rganishdi
21:51 / 10.08.2025

														
														Gepatit kasalliklarini aniqlash maqsadida 1.6 million kishi skrining tekshiruvidan o‘tkazildi

Gepatit kasalliklarini aniqlash maqsadida 1.6 million kishi skrining tekshiruvidan o‘tkazildi

Mazkur ishlarning tahlili haqida Virusologiya instituti direktori Erkin Musaboyev axborot berib o‘tdi
19:18 / 20.07.2025

														
														2025-yilning 6 oyi davomida tez yordamga qancha murojaat kelib tushdi?

2025-yilning 6 oyi davomida tez yordamga qancha murojaat kelib tushdi?

Sog‘liqni saqlash vazirligi bu bo‘yicha rasmiy statistikani taqdim etdi
21:26 / 08.07.2025

Bu ham qiziq

Namanganda 577 million so‘mlik hujjatsiz dorilarni saqlagan shaxs ushlandi

Namanganda 577 million so‘mlik hujjatsiz dorilarni saqlagan shaxs ushlandi

Namangan viloyatida umumiy qiymati 577,4 million so‘m bo‘lgan, sifatini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagan 13 mingdan or…
14:40 / 08.08.2026
“Bola qarash — ish emas”. Avstriya kansleri onalardan uzr so‘radi

“Bola qarash — ish emas”. Avstriya kansleri onalardan uzr so‘radi

Avstriya kansleri Kristian Shtoker farzandlarga g‘amxo‘rlik qilishni ish sifatida baholamaslik haqidagi bayonoti uchun onala…
14:44 / 08.08.2026
XDP hokimlarni aholini kamsituvchi amaliyotlardan voz kechishga chaqirdi

XDP hokimlarni aholini kamsituvchi amaliyotlardan voz kechishga chaqirdi

Xalq demokratik partiyasi (XDP) Toshkent viloyati Chinoz tumani hokimining obodonlashtirilmagan hududlarga “Sharmandali maha…
14:38 / 07.08.2026
Jo Baydenning saratoni suyaklariga ham tarqaldi

Jo Baydenning saratoni suyaklariga ham tarqaldi

AQShning sobiq prezidenti Jo Baydenda aniqlangan prostata saratoni tanasining boshqa qismlariga, jumladan suyaklariga ham ta…
14:43 / 09.08.2026
Fermerning ekin maydonida qurilgan noqonuniy bino buzdirildi

Fermerning ekin maydonida qurilgan noqonuniy bino buzdirildi

Joriy yilning 8-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Majburiy ijro byurosi xodimlari fuqaroning uy-joyini ogohlantirishsiz buzis…
09:39 / 10.08.2026
Ilhom Aliyev Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi

Ilhom Aliyev Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi

8-avgust kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘t…
12:29 / 09.08.2026
Elektromobil olmoqchi bo‘lganlarga avtokredit foizining bir qismi davlatdan qoplab berilishi mumkin

Elektromobil olmoqchi bo‘lganlarga avtokredit foizining bir qismi davlatdan qoplab berilishi mumkin

O‘zbekistonda elektromobil xaridi uchun olingan avtokredit foizining bir qismini davlat tomonidan qoplash taklif etilmoqda.
14:48 / 09.08.2026
Toshkentda ijaraga uy izlayotgan talabalarni chuv tushirayotgan firibgarlar paydo bo‘ldi

Toshkentda ijaraga uy izlayotgan talabalarni chuv tushirayotgan firibgarlar paydo bo‘ldi

O‘quv yili boshlanishi arafasida Toshkent shahriga turli hududlardan kelayotgan talabalar va ularning yaqinlarini internetda…
10:43 / 10.08.2026
Navoiyda korxona 1 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan

Navoiyda korxona 1 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan

Navoiy viloyatining Nurota tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi,…
11:24 / 08.08.2026
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 64,3 milliard dollarga yetdi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 64,3 milliard dollarga yetdi

O‘zbekistonning rasmiy xalqaro zaxiralari 2026-yil 1-avgust holatiga ko‘ra 64,3 milliard dollarga yetdi. Iyul oyida mamlakat…
11:07 / 09.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!