$
12021.22 UZS
-54.96
169.53 UZS
0.06
13978.27 UZS
-16.82
31° Kechasi 18°

Mutaxassis fikri: Temiratki kasalligining kelib chiqish sabablari va davosi haqida 

17:39 / 04.03.2020

Qipiqli temiratki (psoriaz) haqida eshitganmisiz? Tana terisiga toshgan, qipiqlanuvchi toshmalarni ko‘rish uyoqda tursin, xayolga keltirishning o‘zi qo‘rqinchli. Ularning qichishishini aytmaysizmi? Xabardor.uz bu safar mana shu kasallik bo‘yicha mutaxassis, professor, shifokor-dermatovenerolog Adham Vaisovga murojaat qildi.

Psoriaz qanday kasallik?
Qipiqli temiratki tibbiyotda psoriaz, deb ataladi. Kasallik avvaliga tuguncha shaklida paydo bo‘ladi. Ushbu kichik tuguncha qichimaydi (ayrim bemorlar biroz qichishishdan shikoyat qilishi mumkin), ammo asta-sekin butun tanaga tarqalib ko‘payib ketadi. 

Kasallikning qishki va yozgi turi farqlanadi. Uning qishki turida bemor yoz davomida terida toshmalarsiz yuradi, ammo kuz kelishi bilan kasallik o‘zini namoyon qila boshlaydi. Ayniqsa, qishda u avjiga chiqadi. Bahorga kelib yana kamayadi. Yozgi turi esa aksincha tarzda kechadi...
Psoriazga o‘z vaqtida e’tibor berilmasa, u butun tanani qoplab ketishi mumkin. Eng yomoni buning oqibatida bo‘g‘imlar kasallanishi mumkin. Inson hatto nogiron bo‘lib qolishi ham hech gap emas. Teri ichki a’zolarning ko‘zgusidir. U ichki a’zolardagi o‘zgarishlarni aks ettirib turadi. Psoriazning paydo bo‘lishiga oshqozon-ichak, jigarda mavjud buzilishlar sabab bo‘lishi mumkin...

U yuqumlimi?
Kasallik yuqumli xarakterga ega emas. Ya’ni, kasallik irsiy xususiyatga ega bo‘lib, otadan bolaga o‘tishi mumkin. Masalan, psoriaz otada bo‘lsa, bolada ushbu kasallikning rivojlanish xavfi 30 foizni, onada bo‘lsa 50 foizni tashkil qiladi. Agar otasida ham, onasida ham ushbu xastalik mavjud bo‘lsa, bolada moyillik darajasi 80-90 foizni tashkil qiladi.

Davosi haqida...
Hozirda butun dunyo uning davosi haqida bosh qotirayapti. Bemordagi kasallikni davolash oson (hujayralar ko‘payishini bosuvchi, gormonal, PUVA amaliyoti yordamida), biroq bu kasallik yana ma’lum muddatdan so‘ng vaqti kelganida yana qaytalanadi. Xastalik mavsumga qarab yana paydo bo‘laveradi. 
Shuningdek, bemor asabiylashsa, parhezga rioya qilmasa, ichki a’zolardagi mavjud kasalliklar davolanmasa psoriaz yana qayta “sahna”ga chiqaveradi.   

Psoriazi bor bemorlar, albatta, shifokor nazoratida bo‘lib, uning ko‘rsatmalariga to‘liq amal qilsa, bemorda 5-10 yilgacha xastalik alomatlari yuzaga kelmasligi mumkin. Kasallikning rivojlanish mavsumida o‘z vaqtida zaruriy davo choralarini olish zarur. “Do‘xtir gapiraveradi”, deb mutaxassis tavsiyalarini bee’tibor qoldirish, kasallikning yanada avj olishiga olib keladi. Toshmalar miqdori ortgach, uni ketkazish shuncha qiyinlashadi. Davolashda eng muhimi inson salomatligiga zarar keltirmasdan davolash nazarda tutilishi kerak. Bu har bir mutaxassisning bilimiga va davolash shart-shroitlariga bog‘liq. Imkoni boricha, tanaga zarari kam bo‘lgan dorilardan foydalangan ma’qul.

Ming afsuski, hozirda qipiqli temiratki yildan-yilga ortib bormoqda. Xastalikning, ayniqsa yiringli, artropatik kabi xavfli turlari bor... Ushbu kasallikning oldini olish uchun mutaxassis tavsiyalariga amal qilish, ichish, chekishdan yiroq bo‘lish va albatta, shifokor buyurgan tavsiyalarga amal qilish shart.

Nargiza Utepova, Ahror Hayrullayev tayyorladi
Tasvirchi: Akmal Qudratov


Bu ham qiziq

Muqaddam sudlangan narkosavdogarlar uzoq muddatga qamaldi

Muqaddam sudlangan narkosavdogarlar uzoq muddatga qamaldi

Giyohvandlik jamiyat xavfsizligi va yoshlar kelajagiga jiddiy tahdid soluvchi eng xavfli illatlardan biridir.
07:13 / 22.05.2026
Ohangaron shahrida elektron tamaki mahsulotlarini sotgan shaxs ushlandi

Ohangaron shahrida elektron tamaki mahsulotlarini sotgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligi…
14:45 / 22.05.2026
22-may kuni O‘zbekiston hududlari bo‘yicha ob-havo ma’lumoti

22-may kuni O‘zbekiston hududlari bo‘yicha ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi 24–26°, …
07:05 / 22.05.2026
O‘zbekistonda “suyunchi puli”ni to‘lash tartibi o‘zgartirildi

O‘zbekistonda “suyunchi puli”ni to‘lash tartibi o‘zgartirildi

Endilikda birinchi farzandi nobud bo‘lgan oilalar ham keyingi tirik tug‘ilgan farzandi uchun “suyunchi puli” olish huquqiga …
14:03 / 22.05.2026
Bo‘lajak o‘qituvchilar bilimlari test orqali baholanadi

Bo‘lajak o‘qituvchilar bilimlari test orqali baholanadi

O‘zbekistonda pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning bilimlarini tashqi diagnostika orqali baholash tizimi j…
14:46 / 21.05.2026
Ohangaron shahrida elektron tamaki mahsulotlarini sotgan shaxs ushlandi

Ohangaron shahrida elektron tamaki mahsulotlarini sotgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligi…
14:45 / 22.05.2026
Poytaxtdagi eng arzon uylar qaysi hududda?

Poytaxtdagi eng arzon uylar qaysi hududda?

2026-yil aprel oyida Toshkent uy-joy bozorida faollik sezilarli pasaydi. Hisobotlarga ko‘ra, oy davomida 44,5 mingta uy-joy …
17:26 / 21.05.2026
Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash choralari muhokama qilindi

Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash choralari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand aholini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatla…
07:22 / 22.05.2026
Qo’qonda fojiali yo‘l-transport hodisasi

Qo’qonda fojiali yo‘l-transport hodisasi

Qo’qon shahrida sodir bo‘lgan o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
12:32 / 21.05.2026
Ukraina hujumi Rossiyadagi yirik neft zavodining yarim quvvatini ishdan chiqardi

Ukraina hujumi Rossiyadagi yirik neft zavodining yarim quvvatini ishdan chiqardi

Rossiyadagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biri — “Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez” Ukraina dronlari hujumidan s…
14:14 / 22.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!