Endilikda birinchi farzandi nobud bo‘lgan oilalar ham keyingi tirik tug‘ilgan farzandi uchun “suyunchi puli” olish huquqiga ega bo‘ladi.
Avval amaldagi tartibga ko‘ra, bir martalik nafaqa faqat birinchi farzand uchun to‘lanardi. Agar ilk farzand perinatal yoki erta neonatal o‘lim holatida vafot etsa, keyingi tug‘ilgan bola ikkinchi farzand sifatida baholanib, nafaqa rad etilgan.
Prezident Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlardan so‘ng Vazirlar Mahkamasi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Yangi tartibga ko‘ra, birinchi yoki undan keyingi farzandlar nobud bo‘lgan taqdirda ham navbatdagi tirik tug‘ilgan bola uchun “suyunchi puli” to‘lanadi.
Hozirda bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa miqdori taxminan 890 ming so‘mni tashkil etadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!