Instagram haqida eshitmagan, bilmagan inson bo‘lmasa kerak. Undan foydalanmaydiganlar soni ham unchalik ko‘p emas, lekin u haqida qanday ma’lumotlarga egasiz?
Tarmoqdan foydalanasiz, lekin u haqida o‘zi nimalarni bilasiz? O‘ylanib qoldingizmi? Bu savollarning barchasiga ushbu postni o‘qib bo‘lib ikkilanmasdan javob bera olasiz.
Quyida siz bilishingiz lozim bo‘lgan Instagram haqida 25 ta fakt keltirib o‘tamiz.

1. Instagram’da bir kunda 500 mln, bir oyda esa 1 mlrd foydalanuvchi faol bo‘ladi;
2. Foydalanuvchilarning 50,3 foiz ayollar; 49,7 foiz erkaklar;
3. Rossiyaliklar Instagramda 37 mln dan ortiq;
4. Tarmoqda 35 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar miqdori 71 foiz;
5. Instagram’dan foydalanishda 18 yoshdan 29 yoshgacha (59 foiz) insonlar birinchi, 30-49 yoshlilar (33 foiz) ikkinchi o‘rinda faollik qiladi;
6. Foydalanuvchilarning 60 foizi tarmoqdan har kuni foydalanadi;
7. Tarmoqda eng ko‘p foydalanuvchiga ega davlatlar: AQSh – 121 million, Hindiston – 71 million, Braziliya – 64 million.
Instagram’dan foydalanish

8. Har bir foydaluvchi Instagram’ga kuniga o‘rtacha hisobda 53 daqiqa sarflaydi;
9. Har kuni 500 million foydalanuvchi o‘z akkauntiga hikoya joylaydi;
10. Instagram foydalanuvchilari har kuni 4,2 mlrd postga layk bosadi;
11. Instagram foydalanuvchilari tarmoqqa kuniga 100 million post joylaydi;
12. Eslatmali qaydlar 56 foizdan ko‘proq e’tiborni jalb qiladi;
13. Kamida bitta “hashtag”li yozuv 12,6 foiz ko‘proq reaksiyalarni jalb qiladi.
14. Geobelgili postlar 79 foiz dan ko‘qroq faollikni jalb qiladi;
15. Fotolar videolarga qaraganda 36 foiz ko‘p layk yig‘adi;

16. Instagram’dagi eng ko‘p layk 53 milliondan ortiq “yurak“ to‘plagan tuxum suratiga tegishli.
17. #love – eng mashhur xeshteg.
18. Instagram’da eng ko‘p obunachilari bor foydalanuvchilar: Krishtianu Ronaldu (birinchi), Ariana Grande (ikkinchi).
Instagram biznes uchun

19. Instagram’da brendlar reklamasi boshqa tarmoqlardagidan kamida 10 marta ko‘p;
20. Instagram’da 25 milliondan ko‘p biznes-profillar mavjud.
21. 70 foiz foydalanuvchi Instagram’da brend izlaydi.
22. 80 foiz foydalanuvchi kamida bitta biznes-akkauntni kuzatadi;
23. 83 foiz foydalanuvchilar yangi tovarlar va xizmatlar topishda Instagram’ga murojaat qiladi;
24. Instagram 80 foiz foydalanuvchiga to‘g‘ri xarid uchun ko‘maklashadi.
25. 30 foizdan ko‘proq foydalanuvchi xaridini Instagramda mobil telefon orqali amalga oshiradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!