Xitoy dunyoda eng yirik oltin qazib oluvchi davlat bo‘lib qolmoqda. Visual Capitalist ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat yiliga 380,2 tonna oltin qazib olib, global ishlab chiqarishning 10 foizdan ortig‘ini ta’minlamoqda.
Ikkinchi o‘rinda 330 tonna bilan Rossiya, uchinchi pog‘onada esa 284 tonna bilan Avstraliya joylashgan. Kanada, AQSH, Gana, Indoneziya, Meksika va Peru ham eng yirik oltin ishlab chiqaruvchilar qatoridan o‘rin olgan.
Markaziy Osiyoda esa O‘zbekiston yetakchi hisoblanadi. Mamlakat yiliga 129,1 tonna oltin qazib olib, dunyo reytingida 10-o‘rinni egalladi. Qozog‘iston esa 87 tonna bilan mintaqada ikkinchi bo‘ldi.
Dunyoda oltin qazib olish bo‘yicha TOP-10 davlat:
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!