$
11986.30 UZS
10.94
163.61 UZS
0.7
13937.67 UZS
-83.08
31° Kechasi 18°

Uch maymun: ramzning kelib chiqishi va ma’nosi

14:19 / 14.11.2019

Ko‘pchilik uch maymun tasviri bilan tanish: ulardan biri qulog‘ini yopib olgan, ikkinchisi – og‘zini, uchinchisi – ko‘zlarini. Bu “Uch maymun” ko‘p bora san’at asarlarida – adabiyotda, tasviriy san’atda va arxitekturada, shuningdek ommaviy madaniyatda ham foydalanilgan. Ularning qanday ma’nosi bor? 

Yapon tilida “uch maymun” sandzaru yoki sambiki no saru deb aytiladi. Bu san’atdagi oddiy belgi emasligi ko‘pchilikni hayron qoldirsa kerak. Uch maymun tasviri buddaviylikning yomonlikdan saqlanish g‘oyasini aks ettiradi. Ushbu g‘oya quyidagicha: “Yovuzlikni ko‘rmasam, u haqida eshitmasam va gapirmasam, undan himoyalangan bo‘laman”. 

Qadimgi donishmandlar bu g‘oyani ro‘yobga chiqarish uchun bejizga maymunni tanlashmagan. Hammasi yapon tilidagi so‘z o‘yini bilan bog‘liq. “Hech narsani ko‘rmayman, hech narsani eshitmayman va hech narsani gapirmayman” yapon tilida “midzaru, kikadzaru, ivadzaru” deya talaffuz qilinadi. Aynan “dzaru” qo‘shimchasi ramzni tanlashda asosiy rol o‘ynadi, chunki u “maymun” so‘zi bilan ohangdosh. 
Ko‘pchilik bilmasa kerak, maymunlarning bu uch harakatiga yana biri ham qo‘shiladi. Unda qorin va oyoqlari orasini yopgani aks etadi. Bu yovuzlikni qilmaslik prinsipini ifodalaydi. 

“Uch maymun” ramzi nafaqat buddaviylikning yovuzlik qilmaslik g‘oyasi bilan bog‘liq. “Ko‘rmayman, eshitmayman, gapirmayman” konsepsiyasi Qadimgi Xitoyda tug‘ilgan desak ham bo‘ladi. Chunki uni qadimgi xitoylik faylasuf Konfutsiy (eramizdan avvalgi 551-479) o‘zining “Lun Yoy” kitobida tushuntirgan. Unda aytilishicha, yomon narsaga qaramaslik, uni eshitmaslik va qilmaslik kerak. Ko‘pchilik ekspertlar fikricha, aynan Konfutsiyning so‘zlari Yaponiyada rivojlantirilgan. 

“Uch maymun” tasviri ilk bor qachon paydo bo‘lgani aniqmas. Yuqorida aytilganidek, ramzning ildizi xitoy daosizmiga borib taqaladi, ushbu konsepsiya buddistlar va sintoistlarda, shuningdek yapon xalqining Kosin e’tiqodida ham uchraydi. Kosin e’tiqodiga ko‘ra, odamning uch ruhiy asosi bor. Har oltmishinchi kechada, odam uxlayotganida ular oliy ilohlarga qilgan ishlari haqida hisob beradi. Kosin e’tiqodiga ishongan qadimgi yaponiyaliklar iloji boricha kamroq yomonlik qilishga harakat qilishgan, ruhiy asoslari tanasini tark etadigan kechada esa uxlashmagan. Bunday tun “maymun kechasi” deb atalgan, u haqida ilk manbalar IX asrga tegishli. 
“Uch maymun” haykali ilk bor XVII asrda Yaponiyada mashhur bo‘ldi. 

Siyosiy arbob va faylasuf Maxatma Gandi “Uch maymnun” haykalchalarini doim o‘zi bilan birga olib yurgan. 


Bu ham qiziq

O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Janubiy Koreyani tanlamoqda

O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Janubiy Koreyani tanlamoqda

2026-yilning birinchi choragida 5 ming 862 nafar O‘zbekiston fuqarosi ta’lim olish maqsadida xorijga jo‘nab ketdi. Bu ko‘rsa…
14:11 / 16.05.2026
O‘zbekistondagi ommaviy hojatxonalar talabga javob bermaydi

O‘zbekistondagi ommaviy hojatxonalar talabga javob bermaydi

Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulovning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda AYQShlar, parklar va turizm maskanlarida qariy…
19:26 / 16.05.2026
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 17–18-may kunlari Boku sha…
15:17 / 17.05.2026
O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi London fond birjasida IPOga chiqadi

O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi London fond birjasida IPOga chiqadi

Bugun — 18-may kuni London fond birjasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi aksiyalarining birlamchi …
13:36 / 18.05.2026
O‘zbekistonda turarjoy qurilishi 6,6 foizga oshdi

O‘zbekistonda turarjoy qurilishi 6,6 foizga oshdi

2026-yil yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda turarjoy qurilishi o‘sishda davom etdi. Uch oy davomida foydalanishga topshirilg…
14:39 / 17.05.2026
Oʻzbekiston Prezidenti Butunjahon urbanizatsiya forumining ochilish marosimida ishtirok etdi

Oʻzbekiston Prezidenti Butunjahon urbanizatsiya forumining ochilish marosimida ishtirok etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning Aholi punktlari boʻyicha dasturi shafeligida Boku shahrida oʻ…
14:04 / 18.05.2026
Oʻzbekiston Prezidenti shaharlarni barqaror rivojlantirish borasida qator tashabbuslarni ilgari surdi

Oʻzbekiston Prezidenti shaharlarni barqaror rivojlantirish borasida qator tashabbuslarni ilgari surdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-may kuni Bokudagi Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi…
17:17 / 18.05.2026
Markaziy bank bankomatlar ishini yaxshilashga chaqirdi

Markaziy bank bankomatlar ishini yaxshilashga chaqirdi

Markaziy bank tijorat banklari va to‘lov tizimlari operatorlariga bankomatlar bilan bog‘liq muammolarni tezkor hal qilish bo…
14:18 / 17.05.2026
“Biz O‘zbekiston tarixidagi ilk xalqaro aksiyalar taklifini muvaffaqiyatli amalga oshirganimizdan juda faxrlanamiz”, — “Franklin Templeton” rahbari

“Biz O‘zbekiston tarixidagi ilk xalqaro aksiyalar taklifini muvaffaqiyatli amalga oshirganimizdan juda faxrlanamiz”, — “Franklin Templeton” rahbari

“Ushbu yutuq O‘zbekiston uchun hal qiluvchi hamda tarixiy marra hisoblanadi”, — dedi “Franklin Templeton” rahbari.
16:26 / 18.05.2026
Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch shahri bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorlig…
11:44 / 18.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!