Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning Aholi punktlari boʻyicha dasturi shafeligida Boku shahrida oʻtkazilayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etdi.
Boku Kongress markazida davlatimiz rahbarini Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev hamda BMTning Aholi punktlari boʻyicha dasturi ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax kutib oldi.
Forumning bu yilgi mavzusi — “Barcha uchun uy-joy: xavfsiz va barqaror shaharlar hamda hamjamiyatlar”.
Unda davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar hamda rivojlanish institutlari vakillari ishtirok etmoqda.
Forum doirasida shaharlarni barqaror rivojlantirish, zamonaviy va arzon uy-joylar qurish, shahar muhiti sifatini yaxshilash, iqlim barqarorligini mustahkamlash hamda transport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev forum doirasidagi Yetakchilar sammitida nutq soʻzlashi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!