O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 17–18-may kunlari Boku shahrida amaliy tashrif bilan bo‘ladi.
Davlat rahbari BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi shafeligida o‘tayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasi doirasidagi Yetakchilar sammitida ishtirok etib, nutq so‘zlaydi.
Forumda shaharlarni barqaror rivojlantirish, arzon uy-joylar, shahar muhiti sifatini yaxshilash, iqlim barqarorligi va uy-joyni moliyalashtirish masalalari muhokama qilinadi.
Tashrif davomida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!