“Mamlakatimiz tarixida ilk bor aksiyalarimiz xalqaro ommaviy savdoga chiqarildi: O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi “Franklin Templeton” bilan hamkorlikda bir vaqtning o‘zida London va Toshkent fond birjalarida IPO jarayonini boshladi. Tizimli va izchil islohotlar natijasida iqtisodiyotimiz 3 barobar o‘sdi, davlat institutlari samaradorligi ortib, investorlar uchun kafolatlar mustahkamlandi. Natijada O‘zbekiston global kapital bozori uchun yanada ochiq va ishonchli hamkorga aylandi.Mamlakatimiz IPO jarayonlarida “BlackRock”, “Franklin Resources”, “Redwheel” kabi ko‘plab yirik xalqaro investorlarning ishtirok etishi dunyo hamjamiyati tanlagan yo‘limiz, salohiyatimiz va kelajagimizga ishonch bildirayotganining yorqin isbotidir”, – deydi Prezident administratsiyasi rahbari.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!