O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ayrim turlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bo‘yicha imtiyozlar kengaytirildi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi tasdiqlagan yangi ro‘yxatga ko‘ra, QQSning nol stavkasi qo‘llaniladigan agrar mahsulotlar soni 518 taga yetdi. Qaror asosida ro‘yxatga yana 14 ta yangi mahsulot kiritildi.
Endilikda ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotiladigan tirik baliq, qoramol va mayda chorva mollari — sigir, buqa, qo‘y, echki, shuningdek, ot, cho‘chqa, tuya, eshak, asalari qoplari, ipak qurtlari hamda ferula ko‘chatlari va qatronlari uchun QQS nol stavkada hisoblanadi.
Shuningdek, meva-sabzavotlar, dukkaklilar, ziravorlar, go‘sht, tuxum, baliq va dengiz mahsulotlari, sut mahsulotlari hamda ko‘chatlar uchun ham ushbu imtiyoz saqlab qolingan.
Mutaxassislar fikricha, bu qaror oziq-ovqat narxlarini barqarorlashtirish, ishlab chiqaruvchilar xarajatini kamaytirish va chorvachilik hamda baliqchilik sohalarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!