Bugun — 18-may kuni London fond birjasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi aksiyalarining birlamchi ommaviy joylashtirilishi (IPO) marosimi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur voqea O‘zbekiston kapital bozorining xalqaro moliya maydoniga chiqishidagi muhim qadamlardan biri sifatida baholanmoqda.
Ta’kidlanishicha, jamg‘armaning London fond birjasiga chiqishi mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, ochiqlik va shaffoflik siyosatining amaliy natijasi hisoblanadi.
Kutilayotgan IPO xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, korporativ boshqaruv standartlarini joriy etish hamda xalqaro investorlarning O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.
Rasmiy marosimda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva, Prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi Obid Hakimov va boshqa mas’ullar ishtirok etishi kutilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!