2026-yilning birinchi choragida 5 ming 862 nafar O‘zbekiston fuqarosi ta’lim olish maqsadida xorijga jo‘nab ketdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21,2 foizga kamaygan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, o‘zbekistonlik talabalar eng ko‘p Rossiyani tanlagan. Mazkur davlatga 1 ming 241 nafar fuqaro o‘qish uchun yo‘l olgan.
Ikkinchi o‘rinda Janubiy Koreya qayd etilgan bo‘lib, ushbu mamlakatga 1 ming 131 nafar yosh ta’lim olish maqsadida borgan. Qirg‘iziston esa 1 ming 59 nafar talaba bilan uchinchi o‘rinni egallagan.
Shuningdek:
— Xitoyga 424 nafar,
— Turkiyaga 423 nafar,
— Tojikistonga 381 nafar,
— Buyuk Britaniyaga esa 292 nafar o‘zbekistonlik o‘qish uchun safar qilgan.
Boshqa davlatlarga ta’lim olish maqsadida ketgan fuqarolar soni 911 nafarni tashkil etgan.
Mutaxassislar fikricha, ta’lim migratsiyasidagi pasayishga xorijda o‘qish xarajatlarining oshishi, qabul tartiblaridagi o‘zgarishlar hamda O‘zbekistondagi oliy ta’lim imkoniyatlarining kengaygani sabab bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!