$
11975.36 UZS
-98.06
162.91 UZS
-1.56
14020.75 UZS
-113.6
31° Kechasi 18°

Muzqaymoqning vatani qayer? 

17:29 / 15.06.2020

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, muzqaymoqni kim o‘ylab topgan ekan-a? Kim bo‘lsa ham, zo‘r ish qilgan ekan-da, o‘ziyam. Ammo saratonda yangi uzilgan mevalarni muz yoki qor bilan aralashtirib iste’mol qilish birinchi bo‘lib kimning hayoliga kelgani hanuzgacha noma’lum. Xitoyliklar ham, Qadimgi misrliklar ham, forslar ham bu ajoyib ne’matning o‘ziga xos variantlarini yaratishgan.  

Arablar dastlab asal yoki shakar qiyomini qor bilan aralashtirishgan, keyinchalik meva sharbatini qo‘shishgan. Shu tariqa dastlabki sharbatlar paydo bo‘lgan. Italiya janubida yashaydigan aholi esa jaziramada salqin shirinlik va ichimliklar tayyorlashni arablardan o‘rganishgan. Sitsiliyada hozir ham yoz oylarida maydalangan muz va meva sharbati aralashmasi – granit tayyorlashadi.    

Muz va mevadan tashqari ko‘pirtirilgan sut, qaymoq va tuxum sarig‘ini qo‘shib, qaymoqli muzqaymoq tayyorlash usuli esa XVI asrlarga kelib paydo bo‘lgan. U Florensiyada, o‘sha vaqtlarda shaharni boshqargan Medichilar saroyida ixtiro qilingan, degan taxminlar bor. Lorenso Medichining qizi Yekaterina Medichi fransuz qiroliga turmushga chiqqanidan keyin o‘zi bilan bu antiqa shirinlikni tayyorlovchi oshpazni ham olib ketgan. Qaymoqli muzqaymoq tayyorlash siri uzoq vaqtgacha maxfiy saqlangan. Oradan bir necha 10 yillar o‘tganidan so‘ng Yekaterina Medichining nevarasi ingliz qiroli Karl I’ga turmushga chiqqach, ingliz saroyida ham muzqaymoq tayyorlanadigan bo‘lgan. 

Uni tayyorlash usuli pazandalikka oid kitoblarda ilk bor XVIII asr boshlarida aks eta boshlagan. Misol uchun, fransiyada nashr etilgan L’Art de Faire des Glaces (“Muzqaymoq tayyorlash san’ati”) kitobini aytish mumkin. Xuddi o‘sha davrda Yevropada zodagonlarni muzqaymoqning turli xillarini tatib ko‘rishga taklif qiladigan ilk kafelar ochila boshlangan. O‘sha davrlarda bu ajoyib shirinlikni tayyorlash katta vaqt va mashaqqatli mehnatni talab qilgani uchun bahosi juda qimmat edi. Muzqaymoqqa qo‘shiladigan birgina massani ko‘pirtirish uchun deyarli bir soat to‘xtovsiz harakat qilish talab etilgan.  

100 yillar o‘tib, Nensi Jonson muzqaymoq tayyorlovchi birinchi uskunasiga patent olganidan keyin, vaziyat bir muncha o‘zgardi.  1851-yilda Jeykob Fassel qaymoqni ko‘pirtiruvchi va muzlatuvchi mashina yaratdi. XIX asrning ikkinchi yarmida Fransiyada plombir ixtiro qilinadi. Neapolda, ispan saroyida bir taqsimchaga muzqaymoqning bir necha turini qo‘yib, dasturxonga tortish urfga kiradi. Muzqaymoq tortishning bu usuli hali hamon neapolitancha deb ataladi
   
Hammamiz yoqtiradigan vaflili muzqaymoq esa o‘tgan asr boshlarida urfga kirgan. Muzqaymoqni vaflidan yasalgan konus – shoxchalarga solib sotish g‘oyasi Agness Marshallning 1888-yilda nashr etilgan pazandalikka oid kitobida keltirilgan. Hozirga kelib esa muzqaymoqlarning juda ko‘plab turlari bor. 
Jaziramada muzqaymoqdan bahramand bo‘lish naqadar maza, to‘g‘rimi? Nima bo‘lganda ham me’yordan oshirib yubormang. Aks holda, yoz kunlarida shamollab qolishingiz hech gap emas!

Navfalbek Boltayev tayyorladi


Bu ham qiziq

Qozog‘iston sun’iy yomg‘ir texnologiyasini ishga tushirdi

Qozog‘iston sun’iy yomg‘ir texnologiyasini ishga tushirdi

Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib sun’iy yog‘ingarchilik texnologiyalarini amaliyotda qo‘llashni boshladi. Turkis…
14:43 / 17.05.2026
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 17–18-may kunlari Boku sha…
15:17 / 17.05.2026
Toshkent viloyatida katta miqdordagi giyohvandlik vositasi noqonuniy muomaladan olin

Toshkent viloyatida katta miqdordagi giyohvandlik vositasi noqonuniy muomaladan olin

Bugungi kunda dunyo miqyosida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi transmilliy jinoyatchilikning eng xavfli ko‘ri…
08:39 / 16.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi

Davlatimiz rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etdi, jarohat olganlar tez fur…
12:01 / 15.05.2026
Fransiya Jamol Qoshiqchi ishi bo‘yicha Saudiya valiahdiga qarshi tergov boshladi

Fransiya Jamol Qoshiqchi ishi bo‘yicha Saudiya valiahdiga qarshi tergov boshladi

Parij apellyatsiya sudi Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga nisbatan jurnalist Jamol Qoshiqchining o…
10:43 / 17.05.2026
Toshkent viloyatida motosikl 15 yoshli qizni urib ketdi

Toshkent viloyatida motosikl 15 yoshli qizni urib ketdi

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida motosikl ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
11:14 / 16.05.2026
O‘zbekistonda har 1 000 nafar ayolga nechta erkak to‘g‘ri keladi?

O‘zbekistonda har 1 000 nafar ayolga nechta erkak to‘g‘ri keladi?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda har 1 000 nafar ayolga 1 015 nafa…
17:42 / 15.05.2026
Toshkentda 912 ta jarimasi bor Matiz aniqlandi

Toshkentda 912 ta jarimasi bor Matiz aniqlandi

Toshkent shahrida yo‘l harakati qoidalarini muntazam ravishda buzib kelgan Matiz haydovchisi aniqlandi.
16:56 / 16.05.2026
O‘zbekistondagi ommaviy hojatxonalar talabga javob bermaydi

O‘zbekistondagi ommaviy hojatxonalar talabga javob bermaydi

Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulovning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda AYQShlar, parklar va turizm maskanlarida qariy…
19:26 / 16.05.2026
Toshkent–Issiqko‘l aviaqatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent–Issiqko‘l aviaqatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Qirg‘izistonning Asman Airlines aviakompaniyasi Uzbekistan Airports bilan Toshkent va Qirg‘iziston aeroportlari o‘rtasida mu…
11:39 / 17.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!