Bugun, 16-may kuni soat taxminan 17:00 larda Toshkent viloyati Piskent tumani hududidan o‘tgan A-373a “Toshkent–O‘sh” avtomobil yo‘lining 10-kilometrida “Scania” rusumli yuk mashinasi tirkamasida yong‘in yuz berdi.
Ma’lum qilinishicha, 1983-yilda tug‘ilgan haydovchi transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtda tirkama yukxonasidagi konditsioner yukida yong‘in kelib chiqqan. Oqibatda tirkama to‘liq yonib ketgan.
Qayd etilishicha, hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan. Yuk avtomobili tirkamadan ajratib olingani sababli zarar ko‘rmagan.
Hozirda holat yuzasidan Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!