$
12049.44 UZS
52.23
163.92 UZS
2.4
14024.34 UZS
75.18
31° Kechasi 18°

Mehnatni muhofaza qilishga oid Nizom barcha ish beruvchi tashkilotlarda majburiy yuritilishi mumkin

16:09 / 04.01.2020

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnat sharoitlarni yaxshilash va mehnatni muhofaza qilish tizimini uzluksiz yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, “Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi to‘g‘risida”gi namunaviy Nizom - mehnatni muhofaza qilish tizimini boshqarishda va ta’minlashda ish beruvchilarga yordam berish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, barcha ish beruvchi tashkilotlar uchun majburiydir. 

Boshqaruv organlari ushbu Namunaviy nizom asosida o‘zlarining tarmoqlaridagi “Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi to‘g‘risida”gi Nizomlarini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.

Shuningdek, agar mazkur Qaror muhokamadan o‘tib imzolansa, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga:

ikki hafta muddatda tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish tizimi tashkil etilmaganligi uchun javobgarlikni belgilash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlarini o‘tkazish, mehnatni muhofaza qilish qonunchiligini tadbiq etish va rioya kilish masalalari bo‘yicha hodimlar va ish beruvchilarga, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga konsultativ va metodologik yordam ko‘rsatish;

mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi, shuningdek muayyan ish beruvchilarda mehnatni muhofaza qilish sohasida siyosatni, maqsadlarni va tartiblarni belgilash bo‘yicha kompleks choralarni amalga oshirish, xavfli va zarali ishlab chiqarish omillar va risklarning ta’sirini pasaytirish, shu asosda mehnat unumdorligini oshirilishini rag‘batlantirish bo‘yicha halqaro standartlar va xavfsizlik usullarini joriy qilish;

havfsizlik texnikasi va mehnat gigiyenasi qoidalarini amaliyotda tadbiq etilishini namoyishi bilan ish beruvchi va xodimlar uchun plakatlar, broshyuralar tayyorlash va tarqatish, videoroliklar, ma’ruzalar, muzokaralar va seminarlar, ko‘rgazmalarni tashkil etishni o‘z ichiga olgan mehnatni muhofaza qilish masalalari va mehnat huquqlarini himoya qilish bo‘yicha keng targ‘ibot ishlarini amalga oshirish vazifalari yuklatiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘lidagi qurilishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa haqida xabar bergan edik. Bu voqea texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmaganligi va mehnat muhofazasiga oid talablarning to‘liq bajarilmaganligi bois aholi o‘rtasida mutasaddi tashkilotlarga nisbatan keskin fikrlarni uyg‘otgan edi.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonning “yashil” islohotlari xalqaro e’tirof etilmoqda

O‘zbekistonning “yashil” islohotlari xalqaro e’tirof etilmoqda

Samarqanddagi Assambleya doirasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, UNEP ijrochi direktori Inger Andersen hamda Global ekologik …
14:01 / 05.06.2026
1 kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushadi?

1 kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushadi?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bir kilogramm palovning hududlar kesimida hisoblangan qiymatlari quyidagic…
18:16 / 05.06.2026
4 ming dollarga ish va’da qilgan shaxs ushlandi

4 ming dollarga ish va’da qilgan shaxs ushlandi

Surxondaryoda 4 ming dollar evaziga departamentga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi.
17:09 / 07.06.2026
6 mingdan ortiq kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi

6 mingdan ortiq kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv…
07:14 / 06.06.2026
Surxondaryoda tungi poyga fojia bilan yakunlandi

Surxondaryoda tungi poyga fojia bilan yakunlandi

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida Damas va Nexia avtomobillari o‘rtasida uyushtirilgan tezlik poygasi oqibatida ikki ki…
13:10 / 03.06.2026
Putin tasvirlangan maxsus jeton namoyish etildi

Putin tasvirlangan maxsus jeton namoyish etildi

Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya prezidenti Vladimir Putin tasviri tushirilgan kumush esdalik jetoni taqdi…
14:07 / 04.06.2026
5-iyundan OTMlarga qabul boshlandi

5-iyundan OTMlarga qabul boshlandi

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlandi. Abituriyentlar hujjatlarini my.uzbmb.uz plat…
04:48 / 05.06.2026
Baxmal tumanida haydovchilik guvohnomasini olib berish bilan bog‘liq korrupsion holat fosh etildi

Baxmal tumanida haydovchilik guvohnomasini olib berish bilan bog‘liq korrupsion holat fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Baxmal tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ham…
04:58 / 05.06.2026
O‘zbekistonda 4 oyda 417,5 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan

O‘zbekistonda 4 oyda 417,5 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–aprel oylarida 417,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
12:52 / 03.06.2026
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Sirdaryo, Toshkent viloyati, Andijon, Surxondaryo, Jizzax va Toshkent shah…
02:18 / 06.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!