Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Baxmal tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Sharof Rashidov tumani bo‘limi boshlig‘i D.O. va bosh mutaxassisi A.Sh. o‘zaro til biriktirib, fuqaro A.T.ga qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktor-mashinist haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 3,8 mln so‘mni fuqaro F.A. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandilar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!