$
12145.65 UZS
3.71
164.33 UZS
1.7
14268.71 UZS
-21.14
31° Kechasi 18°

Smartfonda tez yozishni qanday o‘rganish mumkin?

15:35 / 27.02.2020

Smartfon allaqachon bizning eng yaqin hamrohimizga aylanib ulgurdi. U orqali juda ko‘p ishlarimizni bitirishimiz mumkin. Ko‘pchilik uyali telefonda matn terishga qiynaladi. Quyidagi tavsiyalar bilan esa qisqa fursatda uyali telefonda tez yozishni o‘rganib olasiz.

Uzluksiz terish funksiyasini qo‘llang
Android tizimi foydalanuvchilari uzluksiz terish funksiyasini qo‘llab, matn terish tezligini sezilarli ravishda oshirishlari mumkin. Bu klaviaturadan qo‘lni olmay turib matn terish imkonini beradi. Ya’ni, probellar siz barmog‘ingizni olgan zahoti avtomatik ravishda qo‘yib boriladi.

iPhone’da ham bu usul amal qiladi. Faqat uni ishlatish uchun siz chetdan klaviatura o‘rnatishingiz kerak. 

Непрерывный набор — это печатать, не отрывая пальца от клавиатуры

Matn qisqartmalarini o‘rnating
Android, iOS dasturlarida oldindan belgilangan so‘z va iboralarni birgina qisqartmani terish orqali gap orasiga joylashtirish imkoni mavjud. Bu usul yordamida 2-3 ta simvol bilan butun boshli email-manzil, karta raqami va boshqa ma’lumotlarni osonlik bilan yozish mumkin.

Android tizimida bu qisqartirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: “Sozlamalar” (“Nastroyki”) → “Yozuv va kiritish” (“Yazik i vvod”) → “Foydalaniladigan so‘zlar” (“Polzovatelskiy slovar”). Unga kirib, “Qo‘shish” tugmasi (“Dobavit”)ni bosasiz va ko‘p qo‘llaydigan so‘z va iboralar hamda ularning qisqartmasini kiritasiz.

iPhone’da esa bu analogik menyu “Sozlamalar” (“Nastroyki”) → “Asosiysi” (“Osnovniye”) → “Klaviatura” → “Matn almashtirish” (“Zamena teksta”) ketma-ketligida bajariladi. Qo‘shish uchun o‘ng burchakdagi “+”ni bosib, matn va uning qisqartmasini kiritasiz.

Bir qo‘lda terish funksiyasini yoqing
Ikki qo‘lda matn terish tezroq bo‘lsa ham smartfonda bu ishni amalga oshirish ancha qiyin. Bir qo‘lda telefonni ushlab turishning o‘zi noqulay. Shuning uchun ham bir qo‘lda matn terishga imkon beradigan, ekran burchagida harakatlanib turuvchi klaviatura o‘ylab topilgan. 

Android tizimida bu funksiyani qo‘llash uchun barmog‘ingizni nuqta-vergulga tekkizishingiz kerak. Ekranning chetidagi ko‘rsatkich klaviaturani ekranning boshqa tomoniga o‘tkazishga yordam bersa, “Qaytarish” (“Razvernut”) tugmasi oddiy rejimga qaytishga imkon beradi.
 
iOS tizimidagi telefonlarni bir qo‘lda terish rejimiga o‘tkazish esa globus rasmi tushirilgan tugmachani uzoq bosib turish orqali amalga oshiriladi. 

На некоторых смартфонах режим печати одной рукой выглядит вот так

Boshqa klaviaturadan foydalaning
Anchadan buyon mobil telefonlarda chetdan klaviatura yuklab olish imkoni mavjud. Shu bois ularning har-xillarini sinab ko‘rish zarar qilmaydi. 
O‘z mahsulotiga ko‘proq auditoriyani jalb etish maqsadida ishlab chiqaruvchilar juda qiziq funksiyalarni o‘ylab topishgan. Masalan, qo‘lda yozish, sovg‘a yoki stikerlar joylashtirish va hokazo.

Aytib turib yozdirish usulidan foydalaning
Garchi qo‘l bilan terilmasa-da aytib turib yozdirilgan matnlar ham matn, shunday emasmi?! Ayrim hollarda hadeb klaviaturaga yopishavermasdan so‘zma-so‘z ayttirib yozdirgan ma’qul. Bunda smartfoningiz avtomatik ravishda matnni taniydi va sizga faqat “Yuborish” (“Otpravit”) tugmasini bosish qoladi, xolos. Android tizimidagi telefonlar uchun diktovka tugmasi – mikrofon tugmasini bosib turish orqali amalga oshiriladi.
iOS tizimidagilar ham diktovkaga xuddi shu tarzda ulanishlari mumkin. Birinchi marta ishlatayotganda sizga aynan shu funksiya tavsiya etiladi.


Bu ham qiziq

“O‘zbeksirk” binosi rekonstruksiya qilinadi

“O‘zbeksirk” binosi rekonstruksiya qilinadi

Madaniyat vazirligida o‘tkazilgan yig‘ilishda “O‘zbeksirk” binosini rekonstruksiya qilish masalasi muhokama qilindi.
10:40 / 12.05.2026
Toshkentda o‘yinchoq avtomobilda yo‘lga chiqqan bolaga nisbatan holat yuzasidan chora ko‘rildi

Toshkentda o‘yinchoq avtomobilda yo‘lga chiqqan bolaga nisbatan holat yuzasidan chora ko‘rildi

Toshkent shahrining Bektemir tumanida voyaga yetmagan bola o‘yinchoq avtomobilda katta yo‘lga chiqib, harakatdagi transport …
15:20 / 09.05.2026
13-may kungi ob-havo ma’lumoti

13-may kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:23 / 12.05.2026
O‘zbekistonda soliq tushumlari 24 foizga oshdi

O‘zbekistonda soliq tushumlari 24 foizga oshdi

O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi choragida soliq tushumlari 63,6 trillion so‘mni tashkil etdi.
12:42 / 10.05.2026
Buxoroda 12 ming dollar pora olgan hokim o‘rinbosari ushlandi

Buxoroda 12 ming dollar pora olgan hokim o‘rinbosari ushlandi

Buxoro viloyati Kogon tumani hokimi o‘rinbosari 12 ming AQSh dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
11:06 / 12.05.2026
FVV qutqaruvchilari Surxondaryo tog‘larida adashib qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatdi

FVV qutqaruvchilari Surxondaryo tog‘larida adashib qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatdi

FVV qutqaruvchilari Vaxshivor tog‘larida adashib qolgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatdi
17:01 / 11.05.2026
O‘zbekistonda 175 mln so‘mdan yuqori pul o‘tkazmalar ustidan nazorat kuchaytiriladi

O‘zbekistonda 175 mln so‘mdan yuqori pul o‘tkazmalar ustidan nazorat kuchaytiriladi

O‘zbekistonda bank tizimi orqali amalga oshiriladigan yirik pul o‘tkazmalar bo‘yicha monitoring kuchaytirilmoqda.
15:07 / 12.05.2026
Navoiydagi “Media haftalik” milliy media rivojida muhim platformaga aylandi

Navoiydagi “Media haftalik” milliy media rivojida muhim platformaga aylandi

Navoiy viloyatida bir necha kun davom etgan “Media haftalik” loyihasi yakunlandi. Haftalik doirasida tashkil etilgan Media f…
10:36 / 09.05.2026
O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik kodeksi yangilanadi

O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik kodeksi yangilanadi

O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi tahrirda ishlab chiqiladi.
09:41 / 10.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari narxi ketma-ket uch oy oshdi

Oziq-ovqat mahsulotlari narxi ketma-ket uch oy oshdi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari narxi ketma-ket …
19:05 / 09.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!