$
12014.48 UZS
-39.55
166.61 UZS
-0.44
13858.70 UZS
-73.35
31° Kechasi 18°

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda 

14:58 / 04.09.2019

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
 
O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin:
 
 227-4-moddaning (Tovarlar, transport vositalari va ularning hujjatlarini bojxona organining ruxsatisiz berish, ularni yo‘qotish yoki yetkazib bermaslik) beshinchi qismi (Tovarlarni, transport vositalarini va ularning hujjatlarini yetkazib berishning bojxona organi tomonidan belgilangan muddatiga rioya qilmaslik) sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
 
“fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”.
 
 227-10-moddaning (Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalash tartibini buzish) ikkinchi qismi (Bojxona organiga tovarlar va transport vositalari uchun bojxona deklaratsiyasini, huddi shuningdek, hujjatlar va qo‘shimcha ma'lumotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik) sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
 “fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravari, mansabdor shaxslarga esa — besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”.
 
 227-13-modda (Tovarlarni saqlash uchun qo‘yish, ularni saqlash va ular bilan operatsiyalar o‘tkazish tartibini buzish):
birinchi qismi dispozitsiyasidagi “va muddatlariga” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
quyidagi tahrirdagi uchinchi qism bilan to‘ldiriladi:
 
 “Tovarlarni saqlash uchun qo‘yishning belgilangan muddatlariga rioya etmaslik, — fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravari, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”.

 227-16-moddaning (Tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqmaslik yoki ularni ushbu hududga qaytarib olib kirmaslik) birinchi qismi (O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga ilgari olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini bojxona hududidan tashqariga belgilangan muddatlarda olib chiqmaslik, agar ularni qaytarib olib chiqish shart bo‘lsa, jinoyat alomatlari bo‘lmagan taqdirda) sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
 
“fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravari, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”.

 227-22-modda (Tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki noto‘g‘ri deklaratsiyalash) quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldiriladi:

“Bojxona yuk deklaratsiyasida tovarlarning Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga muvofiq kodi, miqdori hamda hisoblangan bojxona to‘lovlari miqdoriga ta'sir etmagan noto‘g‘ri ma'lumotlarni ko‘rsatish, – eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”.


Bu ham qiziq

Dam olish kunlari havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

Dam olish kunlari havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi.
15:34 / 12.06.2026
AQSh Eronga yangi zarbalar berdi

AQSh Eronga yangi zarbalar berdi

AQSh Markaziy qo‘mondonligi Prezident Donald Tramp topshirig‘iga binoan Erondagi bir nechta nishonlarga qarshi “o‘zini himoy…
08:58 / 11.06.2026
Meksikada JCH–2026 ochilishi arafasida norozilik namoyishlari boshlandi

Meksikada JCH–2026 ochilishi arafasida norozilik namoyishlari boshlandi

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionati boshlanishi arafasida Meksikada minglab o‘qituvchilar norozilik namoyishlarini …
11:41 / 11.06.2026
11-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

11-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
14:52 / 10.06.2026
Yun Sok Yol 30 yilga qamaldi

Yun Sok Yol 30 yilga qamaldi

Prokuratura uning harakatlari mintaqada keskinlikni kuchaytirgani va davlat xavfsizligiga tahdid solganini bildirdi.
11:49 / 12.06.2026
O‘zbekistonliklar necha yoshda oila qurishmoqda?

O‘zbekistonliklar necha yoshda oila qurishmoqda?

O‘zbekistonda 2025-yilda birinchi marta nikohdan o‘tayotgan erkaklarning o‘rtacha yoshi 25,6 yoshni, ayollarniki esa 21,4 yo…
17:17 / 10.06.2026
Korrupsiyaga oid ikki holat fosh etildi: profilaktika inspektorlari ushlandi

Korrupsiyaga oid ikki holat fosh etildi: profilaktika inspektorlari ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sama…
12:00 / 11.06.2026
Toshkentdagi “Chinor” metro bekati 50 kunga yopiladi

Toshkentdagi “Chinor” metro bekati 50 kunga yopiladi

Toshkent metropolitenining “Chinor” bekatida rekonstruksiya ishlari boshlanishi munosabati bilan 13-iyundan boshlab stansiya…
15:40 / 10.06.2026
Farg‘onada gashish sotgan 19 yoshli yigit 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Farg‘onada gashish sotgan 19 yoshli yigit 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullangan
17:45 / 10.06.2026
O‘zbekistonda baliq yetishtirish hajmi 500 ming tonnadan oshiriladi

O‘zbekistonda baliq yetishtirish hajmi 500 ming tonnadan oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi takliflar taqd…
16:05 / 11.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!