Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 34 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Toshkent shahridagi “Qo‘yliq” bozori yaqinida to‘xtab turgan Lasetti rusumli avtomobil ko‘zdan kechirilganda, uning salonidagi yelim idish ichidan jami 34 kg 610 gramm og‘ir turdagi giyohvandlik vositalari topildi. Ularning 12 kg 960 grammini “opiy”, 21 kg 650 grammini esa “gashish” tashkil etgani ma’lum qilindi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobilni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs boshqargan. Mashinada, shuningdek, Denov shahrida tug‘ilgan va hozirda Toshkentda istiqomat qiluvchi yana bir fuqaro bo‘lgan.
yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Ayni paytda ularning ehtimoliy jinoiy sheriklarini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!