Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand shahri IIO FMB profilaktika inspektorining noqonuniy harakatlari fosh etildi. Ma’lum qilinishicha, u mansabdor tanishlari orqali sobiq ichki ishlar xodimini tizimga qayta ishga tiklab berishni va’da qilib, buning evaziga 7 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Yana bir holatda esa Namangan viloyatining Chust tumani IIB profilaktika inspektori fuqarodan arizani ko‘rib chiqmaslik bilan qo‘rqitib pul talab qilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u avval 700 AQSH dollari olgan, keyinchalik esa yana 3 300 dollar talab qilib, noqonuniy ravishda chorva mollarini davlat chegarasi orqali olib o‘tishga ko‘maklashishni va’da qilgan.
Tezkor tadbir davomida inspektor pulni olayotgan vaqtida ushlangan. Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!