Prezident Shavkat Mirziyoyevga baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi takliflar taqdim etildi.
Ma’lum qilinishicha, 2025-yilda mamlakatda 206 ming tonna baliq yetishtirilgan bo‘lsa, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish orqali bu ko‘rsatkichni bir necha barobar oshirish mumkin. Shu maqsadda kelgusi yilda baliq ishlab chiqarish hajmini 500 ming tonnadan oshirish vazifasi belgilandi.
Buning uchun tabiiy suv havzalari va ularga tutash yer maydonlarini shaffof tizim asosida ijaraga berish, intensiv baliqchilikni rivojlantirish, yopiq suv aylanma tizimlarini joriy etish hamda naslli baliqlar importini subsidiya bilan qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan.
Shuningdek, baliqchilik xo‘jaliklariga imtiyozli kreditlar ajratish, foiz xarajatlarining bir qismini qoplash, quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish ko‘zda tutilgan.
Rejalarga ko‘ra, forel, osyotr, karp va laqqa kabi baliq turlarining naslini yaxshilash, ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish hamda sohani raqamlashtirish orqali mahsuldorlikni oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!