Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tkazilgan taqdimotda voyaga yetmaganlarga avtomobil boshqarishga ruxsat berilishi bilan bog‘liq holatlar va ularning og‘ir oqibatlari muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ayrim fuqarolarning voyaga yetmagan shaxslarga transport vositasini boshqarishga ruxsat berishi yo‘l-transport hodisalari, jumladan o‘lim va og‘ir tan jarohatlari bilan yakunlanayotgan holatlarga sabab bo‘lmoqda.
Shu munosabat bilan yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini kuchaytirish, bunday qonunbuzarliklarning oldini olish hamda javobgarlik choralarini qat’iylashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Prezident mazkur tashabbuslarni ma’qullab, inson hayoti va xavfsizligini ta’minlash ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi. Muhokama yakunida mas’ul idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!