$
12073.42 UZS
-72.23
164.47 UZS
0.14
14134.35 UZS
-134.36
31° Kechasi 18°

Siz qay holatda uxlaysiz? Buni, albatta, o‘qing!

14:06 / 03.02.2020

Chalqancha yotish, qorin bilan yotish yoki embrion holati... Uyqu vaqtida inson tanasining holati uning his-tuyg‘ularidan so‘zlaydi. Bu borada noverbal aloqa qilish, tana tili bo‘yicha mutaxassis Olga Chiyesko uyqudagi insonning tana holatini izohlab berdi...
Inson kun davomida o‘z tanasini tartibga solishi, nazorat qilishi mumkin. Uyqu vaqtida esa buning imkoni yo‘q. Shu sabab inson nimani his qilgan yoki qilayotgan bo‘lsa, shu holatda uxlaydi. Bunda tanani aldab bo‘lmaydi. Mutaxassisning aytishicha, kechasi inson tanasi va ongi o‘rtasida dialog ro‘y berar ekan. Xo‘sh, o‘zingizning tanangiz o‘zingiz haqingizda nimalarni aytib bera oladi?

1.  Embrion holati

Bu holatda insonning beli qayrilgan, qo‘llari bilagidan, oyoqlar tizzadan bukilib, qoringa tortilgancha yotadi.

Mutaxassis fikri
Insonning bunday uxlashi eng keng tarqalgan va odatiy yotish holatlaridan biridir. Inson bu holatda ona qornida ham yotgan. 
Embrion holatida yotish o‘sha insonda tinchlanishga va bo‘shashishga ehtiyoji borligidan darak beradi. Sizni nimadir xavotirga solyapti, yoki o‘zingizni  nimadandir noqulay his qilyapsiz...

2.  Chalqancha uxlash

Odam tepaga qarab yotadi, qo‘llari tanasiga jipslashgan, umurtqa pog‘onasi tekis turadi. Bu holatda odam qimtinib, xuddi ikkita odamning o‘rtasida siqilib yotgandek ko‘rinishda uxlaydi.

Mutaxassis fikri
Insonni kundalik tashvishlar va tugallanmagan ishlar qo‘yib yubormayotganga o‘xshaydi. U hatto uyqusida ham darrov o‘rnidan turib, shu zahoti ishlarini bajarishga tushib ketadigandek yotibdi. 
Bu holatda yotgan odam ertalab uni kutib turgan muhim ishlardan xavotirga tushyapti. Bu odamning to‘laqonli hordiq chiqarishi va bo‘shashishiga hali ancha vaqt borligiga ishora qiladi.

3.  Qorin bilan uxlash

Yelkalar qisilgan, umurtqa pog‘onasi zo‘riqtirilgan, bosh yonga burilgan, nafas olish ham qon aylanishi ham qiyinlashgan. Bu holatda uxlash inson uchun juda zararli. Kosmetologlarning aytishicha, bu holatda yotish terida vaqtidan ilgari ajinlarning paydo bo‘lishiga olib keladi.  

Mutaxassis fikri
Bu holat insonning juda qattiq charchab ketganidan so‘zlaydi. U atrofga orqa qilib yotib olgan, tezroq uyquga ketib hammasini unutishni istamoqda. Qorin bilan yotish orqali inson o‘z uyqusini tashqi agressiyadan asramoqchi bo‘lyapti. 
Odam tashqaridagi tovushlar uning uxlashiga xalaqit qilganida yoki o‘z uyida emas boshqa xonadonda uxlashga yotganida ham qorin bilan uxlamoqchi bo‘ladi. Inson o‘zini noqulay his qilganida ham anglamagan holatda shunday yotib oladi.

4.  Qo‘lni qorin yoki yostiq ostiga qo‘ygancha uxlash

Qorin bilan yerga qarab, yo yon tomoningiz bilan yoki chalqancha uxlaysizmi, farqi yo‘q. Qo‘llaringizning qayerda joylashganligi muhim. Agar uyqu vaqtida ular yostiq yoki qorin ostida bo‘lsa, bunga ham e’tibor berish kerak bo‘ladi.

Mutaxassis fikri
Qo‘llarni nimagadir tekkizgancha uxlash tinchlanishga yordam beradi. Kimlardir nimadandir tashvishlangan yoki asabiylashgan vaqtida mashina kalitini barmoqda aylantiradi yoki qo‘liga tushgan narsani ermak qila boshlaydi. Uxlash vaqtida ham shunday: qo‘llarni nima bilandir band qilish tinchlantiruvchi doridek ta’sir qiladi. 
Bu ba’zida o‘sha insonga jismoniy faollik yetishmayotganligidan ham so‘zlashi mumkin.


Bu ham qiziq

Toshkent metrosida oynali himoya to‘siqlari o‘rnatiladi

Toshkent metrosida oynali himoya to‘siqlari o‘rnatiladi

Yo‘lovchilar xavfsizligini oshirish maqsadida Toshkent metropoliteni bekatlariga oynali himoya to‘siqlari o‘rnatilishi rejal…
11:05 / 14.05.2026
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilar moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi

Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilar moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi

“Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident …
09:44 / 12.05.2026
Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Surxondaryoda fuqarolarni Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, 400 ming dollardan ortiq mablag‘ni qo‘lga kiritgan…
10:23 / 14.05.2026
Buxoroda ayol firibgarlarga 1 milliard so‘mdan ortiq pul o‘tkazib yubordi

Buxoroda ayol firibgarlarga 1 milliard so‘mdan ortiq pul o‘tkazib yubordi

Buxoroda ayol telefon firibgarligi oqibatida 1 milliard 9 million so‘mdan ayrildi.
10:44 / 12.05.2026
Omonat pullarni o‘zlashtirgan bank xodimlari fosh etildi

Omonat pullarni o‘zlashtirgan bank xodimlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda tijorat bankining mas’u…
10:18 / 13.05.2026
Saida Mirziyoyeva Buxorodagi Osiyo xotin-qizlari forumida Prezident murojaatini o‘qib eshittirdi

Saida Mirziyoyeva Buxorodagi Osiyo xotin-qizlari forumida Prezident murojaatini o‘qib eshittirdi

Saida Mirziyoyeva Buxoroda o‘z ishini boshlagan Osiyo xotin-qizlari ikkinchi forumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinin…
19:17 / 14.05.2026
O‘zbekiston oilalarining baxtlilik darajasi ma’lum qilindi

O‘zbekiston oilalarining baxtlilik darajasi ma’lum qilindi

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2026-yil mart–aprel oylarida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalariga…
11:27 / 14.05.2026
Zelenskiy va rafiqasi ajrashayotgani aytilmoqda

Zelenskiy va rafiqasi ajrashayotgani aytilmoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy turmush o‘rtog‘i Yelena Zelenskaya bilan ajrashishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida …
11:18 / 14.05.2026
O‘zbekistonda 175 mln so‘mdan yuqori pul o‘tkazmalar ustidan nazorat kuchaytiriladi

O‘zbekistonda 175 mln so‘mdan yuqori pul o‘tkazmalar ustidan nazorat kuchaytiriladi

O‘zbekistonda bank tizimi orqali amalga oshiriladigan yirik pul o‘tkazmalar bo‘yicha monitoring kuchaytirilmoqda.
15:07 / 12.05.2026
Sudya katta yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi

Sudya katta yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi

Surxondaryo viloyati sudining sudya katta yordamchisi xizmat mavqeidan foydalangan holda boylik orttirmoqchi bo‘ldi.
17:48 / 12.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!