$
12012.12 UZS
32.29
166.12 UZS
1.13
13935.26 UZS
30.27
31° Kechasi 18°

Kun tarixi: Gazlangan suv patentlangan kun. Uning asoschisining Benjamin Franklin bilan qanday aloqasi bo‘lgan?

10:26 / 24.04.2020

Gazlangan suv ilk bor AQShda 1833-yilning 24-aprelida patentlangan. Ushbu kashfiyot britaniyalik kimyogar va faylasuf Jozef Pristliga tegishli bo‘lib, u karbonat angidridning xususiyatlaridan birini ochgani gazlangan suv paydo bo‘lishiga asos bo‘lib xizmat qilgan.
Gazli ichimlik yaratilishidan oldin ham Pristli kimyo va elektrotexnika sohasida izlanishlar olib borgan. Pristlining elektr sohasidagi tajribalariga uning sodiq do‘sti bo‘lgan Benjamin Franklin katta ta’sir ko‘rsatgan.

Gazlangan suv butun dunyo bo‘yicha shunchalar mashhur bo‘lib ketganki, hatto ba’zilar 24-aprelni gazlangan suv kuni, deb e’lon qilishni taklif qilgan.
Ma’lumot o‘rnida shuni ham keltirib o‘tish kerakki, dunyoga mashhur Coca-Cola kompaniyasi birinchi bo‘lib Jozef Pristlining ixtirosidan tijorat maqsadlarida foydalangan.

Gazlangan ichimliklar haqida ma’lumotlar
Gazli suv karbonat angidrid bilan to‘yinganligi jihatidan 3 turga bo‘linadi:
1. Oz gazlangan - 0,2 dan 0,3 foizgacha;
2. O‘rtacha gazlangan – 0,3-0,4 foizgacha;
3. Yuqori gazlangan – 0,4 foizdan ko‘p.

Gazlantirish ikki usul bilan amalga oshiriladi:
1. Mexanik – ichimliklar maxsus qurilmalar (sifon, saturator, akratoforlar)da oldindan sovutish va suyuqlikdan havoni chiqarib tashlash orqali gazlantiriladi.
2. Kimyoviy – ichimlik fermentatsiya paytida karbonat angidrid bilan boyitiladi.

Gazli ichimliklarning zararlari:
Diyetolog Rabob Munjid gazli ichimliklar iste’mol qilish xatarlari va organizmga ta’siri haqida quyidagilarni bayon qilgan:
• gazli ichimliklarni iste’mol qilish oshqozonni hazm qilish jarayonida zarur bo‘lgan so‘lak fermentlaridan mahrum qiladi;
• tarkibida kofein miqdori yuqori bo‘lgan ichimliklar yurak urishini tezlashtiradi;
• ularni haddan tashqari iste’mol qilish xotira susayishi va jigar zararlanishiga olib keladi;
• gazli ichimlik suyak uchun zarur bo‘lgan kalsiy moddasining so‘rilishiga sabab bo‘ladi;
• tarkibida shakar miqdori ko‘p bo‘lganlari semizlikka olib keladi. 

Gazli ichimlik ishlab chiqaruvchi mashhur kompaniyalar:
• Doktor Pepper Snapple Group (AQSh).
• PepsiCo (AQSh).
• Coca-Cola kompaniyasi (AQSh).

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi


Bu ham qiziq

Bugun, 15-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 15-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi,…
09:15 / 15.06.2026
Toshkentda IIB bo‘linma boshlig‘i pora talab qilishda gumonlanib qo‘lga olindi

Toshkentda IIB bo‘linma boshlig‘i pora talab qilishda gumonlanib qo‘lga olindi

Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurash doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ichki ishlar organlarining mas’ul …
15:10 / 16.06.2026
Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha prognozni oshirdi

Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha prognozni oshirdi

Jahon bankining 2026-yil iyun oyida e’lon qilingan “Global Economic Prospects” hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti bo…
15:39 / 14.06.2026
Toshkentga kirib kelayotgan 1 kg.dan ortiq giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Toshkentga kirib kelayotgan 1 kg.dan ortiq giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
16:11 / 15.06.2026
9 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

9 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

Joriy yilning 16-19-iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida se…
11:01 / 15.06.2026
Navoiyda uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan avtobus haydovchisi 10-yilga qamaldi

Navoiyda uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan avtobus haydovchisi 10-yilga qamaldi

Navoiy viloyatida 47 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan yirik yo‘l-transport hodisasi yuzasidan sud h…
14:33 / 16.06.2026
Ilon Mask va “trillion dollarlik” boylik bahsi:

Ilon Mask va “trillion dollarlik” boylik bahsi:

Ilon Mask va “trillion dollarlik” boylik bahsi: haqiqat, bozor va shov-shuv o‘rtasidaSo‘nggi kunlarda xalqaro moliya va texn…
15:54 / 14.06.2026
“Giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qiladi” – Saida Mirziyoyeva

“Giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qiladi” – Saida Mirziyoyeva

Narkojinoyatlar bilan bog‘liq holatlar uchun yangi qonun qabul qilindi.
09:24 / 15.06.2026
Andijonda 40 sotix yer uchun 160 ming dollar so‘ragan firibgar ushlandi

Andijonda 40 sotix yer uchun 160 ming dollar so‘ragan firibgar ushlandi

Andijon viloyatida davlat zaxirasidagi yer maydonini sotishni va’da qilgan shaxs firibgarlikda qo‘lga olindi
17:37 / 16.06.2026
16-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

16-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, m…
16:20 / 15.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!