$
12413.79 UZS
-52.65
154.86 UZS
-0.56
14468.27 UZS
-48.9
36° Kechasi 23°

“Turkiston” va “Yunusobod” metro bekatlari qurib bitkazildi (foto)

09:22 / 16.06.2020

Uzunligi 2,9 kilometr bo‘lgan “Turkiston” va “Yunusobod” metro bekatlarida qurilish-montaj va pardozlash ishlari nihoyasiga yetib, “Shahriston” bekatiga ulandi. Metro poyezdlarining sinov tariqasida harakatlanish ishlari amalga oshirildi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu loyiha “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “Ko‘prikqurilish tresti” unitar korxonasi tizimidagi 67-Ko‘prikqurilish otryadi mutaxassislari tomonidan bajarilgan. “Toshkent metro loyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyati loyihalari asosida bunyodkorlik ishlari bajarilgan obyektning umumiy qiymati 103,8 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Ta’kidlanishicha, ushbu loyihaning yer osti tunnel qismini burg‘ulash ishlari Markaziy Osiyoda ilk bor qo‘llanilgan Germaniya texnologiyasi asosida mexanizatsiyalashtirilgan kompleks yordamida qazilishi, hamda yuqori sifatli temir-beton tyubinglar o‘rnatilishi bilan ahamiyatlidir. Har bir bekat kompleks qurilishida monolit beton uslubi qo‘llanilgan. 

Yunusobod liniyasi yangi bekatlar bilan hisoblaganda 8 ta bekatdan iborat. Ahmad Donish ko‘chasida qurilgan “Tukiston”, “Yunusobod” hamda mavjud “Shahriston”, “Bodomzor”, “Minor”, “Abdulla Qodiriy”, “Yunus Rajabiy”, “Ming o‘rik”dan iborat. Ushbu yo‘nalish “Yunus Rajabiy” bekatidan Chilonzor yo‘lining “Amir Temur” hamda “Ming o‘rik” bekatidan esa O‘zbekiston yo‘lining “Oybek” bekatiga ulanadi. Ushbu liniyaning yangi bekatlari foydalanishga topshirilgach, bir kunda “Yunusobod” bekatida qo‘shimcha 5 ming yo‘lovchiga, “Turkiston” bekatida esa 2 yarim ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.


Bu ham qiziq

Hirotdagi avtohalokatda 71 kishi halok bo‘ldi

Hirotdagi avtohalokatda 71 kishi halok bo‘ldi

Hodisaga avtobusning mototsikl va yuk mashinasi bilan to‘qnashuvi sabab bo‘lgan.
09:47 / 20.08.2025
UFC vazn toifasidan qat’iy nazar eng kuchli jangchilar(P4P) ro‘yxatini e’lon qildi

UFC vazn toifasidan qat’iy nazar eng kuchli jangchilar(P4P) ro‘yxatini e’lon qildi

Hamzat Chimayev eng ko‘p yuqorilashga muvaffaq bo‘ldi
18:47 / 21.08.2025
Endi tadbirkorlar barcha hujjatlarni “yagona darcha” prinsipi asosida bir joydan oladi

Endi tadbirkorlar barcha hujjatlarni “yagona darcha” prinsipi asosida bir joydan oladi

2026-yildan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlik faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘la…
16:13 / 20.08.2025
Nigerda suv toshqinidan qurbonlari soni 40 dan oshdi

Nigerda suv toshqinidan qurbonlari soni 40 dan oshdi

56 mingdan ortiq fuqaro jabrlanganlar ro‘yxatida.
16:03 / 21.08.2025
Tadbirkorlar uchun universal QR-kod va yangi soliq tartibi joriy etiladi

Tadbirkorlar uchun universal QR-kod va yangi soliq tartibi joriy etiladi

Ma’lum qilinishicha, hozirda O‘zbekistonda 40 dan ziyod elektron to‘lov tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. 1-noyabrdan esa t…
14:29 / 20.08.2025
O‘zbekiston viloyatlari reytingi: qaysi hududlar yetakchilik qilmoqda?

O‘zbekiston viloyatlari reytingi: qaysi hududlar yetakchilik qilmoqda?

Progressiv islohotlar markazi(PIM) O‘zbekiston viloyatlarining kompleks rivojlanish reytingini e’lon qildi
18:03 / 20.08.2025
Buxoroga Xitoydan 12 dona avtobus olib kelindi

Buxoroga Xitoydan 12 dona avtobus olib kelindi

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Buxoro shahridagi 6 ta yo‘nalishda jami 72 dona avtobus brutto-shartnoma asosida aholiga xizma…
15:23 / 21.08.2025
O‘zbekiston bilan savdo aloqalari o‘rnatgan davlatlarning soni qariyb 200 taga yetdi

O‘zbekiston bilan savdo aloqalari o‘rnatgan davlatlarning soni qariyb 200 taga yetdi

Bir necha yildan buyon asosiy savdo hamkorlar Xitoy va Rossiya bo‘lib kelmoqda
21:25 / 21.08.2025
O‘zbekistonda aylanmasi 1 trillion so‘mdan oshgan 203 ta korxona mavjud

O‘zbekistonda aylanmasi 1 trillion so‘mdan oshgan 203 ta korxona mavjud

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.
13:15 / 20.08.2025
O‘qishni ko‘chirish uchun talabgorlardan apellyatsiyalarni qabul qilish boshlandi

O‘qishni ko‘chirish uchun talabgorlardan apellyatsiyalarni qabul qilish boshlandi

Apellyatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi
22:45 / 21.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!