$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Endi O‘zbekiston muzeylarini ham virtual sayohat qilish mumkin

10:02 / 28.04.2020

Hozirgi kunda butun dunyoda global muammoga aylanib ulgurgan COVID-19  pandemiyasi sababli jahondagi Luvr, Ermitaj, Van Gog, Prado, Salvador Dali kabi yuzlab muzeylar o‘z ekspozitsiyasiga virtual sayohat qilish imkoniyatini yaratib berdi. 

Shu sababli, karantin davrida fuqarolar, ayniqsa, o‘smirlar va yoshlar vaqtini imkon qadar samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Madaniyat vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi hamkorligida “Virtual muzey” loyihasi amalga oshirilmoqda, deya xabar qilmoqda Xabardor.uz muxbiri.

Bu orqali ixlosmandlar dunyoning istalgan burchagidan Toshkent shahridagi eng yirik muzeylarga virtual sayohat qilib, mamlakatimizning ulkan tarixi, boy madaniy me’rosi va nodir san’at asarlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra mazkur loyihani amalga oshirish 468,2 mln.so‘m deb baholangan bo‘lib, Yoshlar ittifoqi a’zolaridan tashkil topgan “Vronica” kompaniyasi bu loyihani “Sahovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida to‘liq volontyorlik asosida bepul tashkil qilayapti. 

Loyihaga muvofiq, Toshkent shahrida joylashgan jami 28 ta muzey virtual sayohatlarga ixtisoslashgan dunyodagi eng yirik roundme.com platformasi uchun eng zamonaviy IT texnologiyalari va jihozlaridan foydalangan holda, sifat ko‘rsatkichining yangi standarti – 12 K  o‘lchamida, 360º 3D formatida tasvirga olinadi va joylashtiriladi. 

Shuningdek, mamlakat aholisi, ayniqsa, yoshlar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish va internet trafikdan oqilona foydalanish maqsadida TasIX hududida vrmuseum.uz veb-sayti ham ishga tushirildi.

Dastlabki ishlar O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi va O‘zbekiston davlat san’at muzeyida olib borildi. Hozirgi kunda jami 14 ta muzey to‘liq tasvirga olingan bo‘lib, birinchi bosqichda ularning 6 tasi vrmuseum.uz va roundme.com platformalariga joylashtirildi. Ikkinchi bosqichda esa virtual muzeylar soni 20 taga yetkaziladi.

Jumladan, 9 may – Xotira va qadrlash kuniga qadar Qurolli kuchlar muzeyi va Xalqlar do‘stligi maydoniga virtual sayohat qilish imkoniyati yaratiladi.

“Virtual muzey” loyihasini 18 may – Xalqaro muzeylar kuniga qadar to‘liq yakunlash va foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugunga qadar Toshkent shahridagi muzeylar va maydonlardan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi, O‘zbekiston Amaliy san’at va xunarmandchilik tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi, va Abdulla Qahhor uy-muzeyi kabilar tasvirga olinib, veb-saytda e’lon qilindi.


Bu ham qiziq

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!